O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich
ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash. Bo’lajak o’qituvchilarning tarbyalanganlik darajasini baholab borish ikki xususiyatga ega: 1) talabalarning tarbiyalarganlik darajasini baholash; 2) talabalarda shaxsni tarbiyalash ko’nikmasining shakllanganligini baholash. 189 Shu sababli o’qitishning kredit-modul tizimida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining tarbiyalanganlik darajasini baholashda quyidagicha yo’l tutish maqsadga muvofiq bo’ladi: - talabalarda axloqiy ong, fazilat va munosabatning shakllanganlik darajasi; - talabalarning tarbiya bo’yicha ko’nikmasi va malakasining shakllanganlik darajasi; - talabalarda tarbiya bo’yicha o’zlashtirilgan kompetentsiyalarni amaliyotda qo’llay olish layoqatining shakllanganlik darajasi; - talabalarda tarbiya bo’yicha nazariya va amaliyotning uyg’un shakllanganlik darajasi. Bunday yondaShuv o’qitshning kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. O’qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini baholashda talaba jamg’argan kreditlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda fanlar bo’yicha belgilangan kreditlar asosida baholash samarali hisoblanadi. Misol uchun, Etika tanlov fani bo’yicha 60 kredit belgilangan. Talaba mazkur kreditni jamg’arsa uning tarbiyalanganlik darajasini baholash imkoniyati paydo bo’ladi. CHunki tarbiyaga yo’naltirilgan fanlarning asoslaridan xabardor bo’lish tarbiyalanganlik mezonlari uchun asos hisoblanadi. O’qitishning kredit-modul tizimida tarbiyalanganlik darajasi bo’yicha yagona muammo talabalr shaxsida tarbiya bo’yicha mavjud murakkabliklarni aniqlab bo’lmasligidir. CHunki talaba kredit-modul tizimida krelitlar to’plash bilan o’z imkoniyatlarini namoyon qiladi, bunda ularning tarbiyaviy xususiyatlari to’liq namoyon bo’lmaydi. Shu 190 sababli bu borada maxsus tuzilgan Testlar o’tkazish va ularning tahlili asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash kutilgan samarani beradi. Shunday qilib boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, u butunlay yangicha yondaShuv hisoblanadi. Shu sababli bu borada kelgusida fundamental, ilmiy-nazariy, innovatsion va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish taqoza etiladi. Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 2. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilish mexanizmlari nimalardan iborat? 3. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash qanday bo’ladi? 4. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy xususiyatlarini nimalar tashkil etadi? Topshiriq: pedagogik amaliyot: Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilishning asoslarini o’rganing. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini tashkil qilishning mexanizmlarini o’zlashtiring va uni amaliyotda sinovdan o’tkazing. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik darajasini baholash asoslarini yod oling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling