O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


185 
21-mavzu: Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida 
tarbiya jarayonini tashkil qilish 
Reja: 
1. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini 
tashkil qilish mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya jarayonini 
tashkil qilish mexanizmlari 
3. Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiyalanganlik 
darajasini baholash 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, kredit, modul, tizim, 
tarbiya, jarayon, baholash, yondaShuv, bilim, ko’nikma, samara. 
*** 
Boshlang’ich ta’limda kredit-modul tizimi asosida tarbiya 
jarayonini tashkil qilish mazmuni. O’zbekiston oliy ta’lim jarayonida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 
dekabrdagi 824-sonli ―Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini 
tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida‖gi Qaroriga asosan o’qitishning ECTS kredit -modul tizimi
amal qilmoqda. Bu tizimda asosiy e’tibor bilim berishga yo’naltirilgan 
bo’lib, unda tarbiya jarayonini amalga oshirish asoslari nazarda 
tutilmagan. Shu sababli o’qitishning kredit-modul tizimi asosida tarbiya 
jarayonini amalga oshirish metodologiyasi hozircha ishlab chiqilgan 
emas. Bu o’rinda e’tiboringizni ana Shu masalaning umumiy jihatlariga 
tortamiz.


186 
O’qitishning kredit-modul tizimida o’quv fanlari majburiy va tanlov 
fanlariga bo’linadi. Bunda kasbiy fanlar majburiy va kasbiy mahoratni 
chuqurlashtirishga yo’naltirilgan fanlar tanlov fanlari hisoblanadi. Shu 
ma’noda tanlov fanlari vositasida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qitiuvchilarini tarbiya jarayoni asoslari bilan tanishtirishning 
imkoniyatlari mavjud. Bunda quyidagicha yo’l tutish maqsadga muvofiq 
bo’ladi: 

oliy peadgogik ta’limjarayonida shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan 
ijtimoiy-gumanitar fanlarni (etika, estetika, sotsiologiya, politologiya 
kabilarni) tanlov fanlari tarkibiga kiritish; 

tanlov fanlarining negizida shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan 
asoslarni belgilash; 

tanlov fanlarining mavzulari va modullarini o’qitishda nazarif hamda 
amaliyot uyg’unligiga rioya qilish. 
Shu jihatdan o’qitishning kredit-modul tizimida tanlov fanlari 
vositasida tarbiya jarayonini tashkil etish imkoniyatlari mavjud. Savol 
tug’iladi: talaba tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan tanlov fanlarini 
tanlaydimi? Buning uchun tanlov fanlari bo’yicha quyidagi ishlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

tanlov fanlarining mavzulari va modullari bo’yicha o’quv 
materiallarini qiziqarli, o’ziga jalb qiluvchi va yo’naltiruvchi 
xususiyatlarga ega tarzida tayyorlash; 

mavzular va modullar bo’yicha o’quv materiallarining 30 foizini 
nazariy va 70 foizini amaliy qismlar asosida tayyorlash; 

o’quv materiallarida topshiriqlar, mustaqil ta’lim kombinatsiyalari
animatsiyalar va mulьtimediali tasvirlarning bo’lishiga erishish; 


187 

o’quv materiallarini tayyorlashda talabalarning takliflari va fikr-
mulohazalarini hisobga olish. 
Shu jihatdan tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan tanlov fanlarining 
o’quv materiallarini mukammal tayyorlash ularning talabalar tomonidan 
kutilgan darajada tanlashga erishish imkonini beradi.
O’qitishning kredit-modul tizimida tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan 
tanlov fanlarini targ’ibot qilib borish ham kutilgant samarani beradi. 
Misol uchun, talabalarga Etika fani shaxsning axloqiy ongi, fazilatlari va 
munosabatlarini shakllantirishda muhim o’rin tutishi, Shu jihatdan bu 
fan pedagogik kasbda ahamiyatga ega ekanligi tuShuntirilishi kerak. 
Ayni paytda, mazkur fanning pedagogik Etika xususiyatlariga oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling