O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 


209 
23-mavzu: Rivojlangan davlatlarda boshlang’ich ta’limning 
innovatsion texnologiyalari 
Reja: 
1. 
Rivojlangan 
davlatlarda 
boshlang’ich ta’limga innovatsion 
yondaShuvlar 
2. Rivojlangan davlatlarda boshlang’ich ta’limning zamonaviy 
texnologiyalari 
3. Rivojlangan davlatlarning boshlang’ich ta’limga doir zamonaviy 
texnologiyalaridan foydalanish. 
*** 
Tayanch tushunchalar: rivojlanish, davlatlar, ta’lim, boshlang’ich, 
innovatsiya, texnologiya, bilim, ko’nikma, malaka, kompetentsiya.
***
Rivojlangan davlatlarda boshlang’ich ta’limga innovatsion 
yondaShuvlar. Hozirgi zamon rivojlanish jarayonida rivojlangan 
davlatlarning boshlang’ich ta’limga doir innovatsion yondaShuvlari 
pedagog olimlarning e’tiborini tortmoqda. Bu o’rinda avvalo, asosiy 
tushunchalarning mazmunini aniqlab olish lozim bo’ladi.
Rivojlangan davlatlar deganda quyidagi mezonlarga javob beruvchi 
mamlakatlar tuShuniladi: 

bozor iqtisodiyotiga asoslangan barqaror ishlab chiqarishga egalik; 

davlat siyosatida ijtimoiy yo’nalishning ustuvor bo’lishi; 

tipik va innovatsion ta’lim tizimiga egalik; 

ijtimoiy rivojlanishda milliy modulga egalik va h.k 


210 
Mazkur mezonlar asosida rivojlanayotgan davlatlar Yevropa 
qit’asida ko’pchilikni, Osiyoda esa nisbatan kamchilikni tashkil etadi. 
O’zbekiston ham 2019 yildan boshlab rivojlangan davlatlar tarkibiga 
kiritilgan.
Boshlang’ich ta’limga innovatsion yondaShuv deganda quyidagilar 
nazarda tutiladi: 

boshlang’ich ta’limning barcha uchun majburiyligi va bepulligi; 

boshlang’ich 
ta’lim 
mazmuni, 
maqsadi 
va 
vazifalarining 
takomillashtirib borilishi; 

boshlang’ich ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari va 
darsliklarining muntazam optimallashtirib borish imkoniyatlariga ega 
ekanligi; 

boshlang’ich ta’limga yangicha yondaShuvlarni joriy qilish mumkin 
bo’lgan tarzda ochiq bo’lishi; 

boshlang’ich ta’lim yutuqlarining universal xarakterga ega ekanligi; 

boshlang’ich ta’limning har bir davlat siyosatida ustuvor o’rin tutishi. 
Bularning 
barchasi 
boshlang’ich 
ta’limga 
innovatsion 
yondaShuvlarning asoslarini tashkil etadi.
Hozirgi zamon rivojlangan davlatlarida ehtiyoj va talablardan kelib 
chiqib, 
boshlang’ich ta’limga nisbatan individual innovatsion 
yondaShuvlar 
tatbiq 
etilmoqda. 
Misol 
uchun, 
Finlandiya 
respublikasining boshlang’ich ta’limida quyidagi individual innovatsion 
yondaShuvlar mavjud: 
a) boshlang’ich ta’limni xususiy sektor sifatida rivojlantirish; 
b) boshlang’ich ta’limga bir necha namunaviy o’quv dasturlarini tatbiq 
etish; 


211 
v) boshlang’ich ta’lim yutuqlarini xalqaro miqyosda targ’ibot qilish; 
g) boshlang’ich ta’limda kam o’quv fanlari bilan ko’p bilim berish. 
Bu innovatsion yondaShuv Finlandiyaning ijtimoiy taraqqiyotiga 
mos bo’lsada, undan boshlang’ich ta’limda innovatsiya asosida 
rivojlantirishda 
foydalanish 
mumkin. 
Masalan, 
bts 
tajribadagi 
boshlang’ich ta’limni xususiy sektor sifatida rivojlantirish innovatsion 
omilga ega. Shu sababli mamalakatimiz O’zbekistonda ham davlat-
sheriklik shaklidagi boshlang’ich ta’lim tizimini yo’lga qo’yish jarayoni 
kechmoqda.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling