O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Bog'liq
darslik

Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari. Hozirgi 
zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida integratsion darslar 
maqsadga erishishning yo’llaridan biri sifatida qabul qilinmoqda. 
Integratsion darslarning samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi: 

davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining muayyan fan 
doirasida to’liq bajarilishi; 

har bir dars o’zaro tizimli bog’liqlikka ega bo’ladi; 

har bir dars o’qitishning ko’p variantli tamoyillariga asoslanadi va 
bunda o’qituvchi boshqaruvchi vazifasini bajaradi; 

har bir darsda imkoniyat doirasidagi texnik vositalar, metodlar va 
taklif etilgan o’qituvchi-mutaxassislar yordamidan foydalaniladi; 

har bir dars o’quvchilarning faolligi asosida o’tkaziladi. 


227 
Integratsion 
darslarning 
bunday 
samaradorlik 
xususiyatlari 
quyidagilar bilan belgilanadi: 

innovatsion yondaShuvlardan foydalanish; 

mavzularning o’zaro bog’liqligiga erishish; 

tuShuntirish va o’zlashtirishning uyg’unlaShuvi; 

o’quvchilarning faolligi. 
Mazkur samaradorlik xususiyatlari hozirgi zamon boshlang’ich 
ta’lim pedagogikasining rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. 
CHunki unda darslarni innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilmiy 
mutaxassislar yordamiga tayanib o’tish kutilgan samarani bermoqda. 
Bunday darslar ayniqsa, yosh boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 
juda qo’l keladi.
Integratsion darslarga qo’yiladigan talab mavzularni davlat ta’lim 
standartlari asosida yoritishdir. Shu sababli keyingi paytlarda 
integratsion darslarning didaktik asoslariga bo’lgan talab kuchayib 
bormoqda.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining integratsion darslar asoslaridan xabardor bo’lishi 
taqozo etiladi.
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Integratsion dars tushunchasi qanday ma’noga ega? 
2. Integratsion darslar turlaridan qaysilarini bilasiz? 
3. Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
4. Integratsion darslarning asosiy turlarini o’rganish mumkinmi? 


228 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Mashhur amerikalik faylasuf-pedagog Djon Dьyuining (1859-1952)
quyidagi pedagogik g’oyalarini o’zlashtiring.
Pedagogning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi – insonni hayotga 
moslashtirish va amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Buning uchun 
bolalarni imkon qadar har biri mustaqil tarbiyalanishi va voyaga 
yetkazilishi kerak.
Pedagog olimning qarashlariga binoan bolalarning xususiyatlari 
quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 
1) har bir bolada ijtimoiy instinkt mavjud; 
2) bolalardagi instinktlar rivojlanish xususiyatiga ega bo’ladi; 
3) aynan instinktlar rivojlanib bolada quvvatga aylanadi; 
4) bolalarni instinktini rivojlantirish bilan to’g’ri tarbiyalashga erishish 
mumkin. 


229 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling