O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat 
asoslari. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari (murabbiylari) hozirgi 


220 
zamon boshlang’ich ta’limida integratsion shaklda faoliyat yuritishi 
kerak. Bunday faoliyatning asoslarini quyidagilar tashkil qiladi: 

o’quv dasturlarini hamkor o’qituvchilar bilan birgalikda ishlab 
chiqish; 

murakkab mavzularni imkon qadar mutaxassislar ishtirokida o’qitish; 

boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan ta’limiy va tarbiyaviy 
maslahatlarga ega bo’lish; 

o’qituvchi kitobi bilan va imkon bo’lsa uning mualliflari bilan ishlash; 

maktab jamoasi va hududiy xalq ta’limi bo’limlariga o’z faoliyati 
bo’yicha ma’lumotlar taqdim qilib borish; 

o’zining individual ish uslubiga ega bo’lish. 
Bu asoslarga tayangan holda faoliyat yuritish o’qituvchining 
fanlararo va faoliyat doirasida integratsiya ish yuritish hisoblanadi. 
Aslida boshlang’ich sinf o’qituvchilari deyarli barcha asosiy fanlar 
bo’yicha mutaxassislar sifatida maslahatchi maqomida turadi. 
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarini integratsion faoliyatga tayyorlash uchun quyidagilarga 
e’tibor berish kerak: 

mutaxassislik va pedagogik fanlarni integratsion tarzda o’qitish; 

pedagogik integratsiya bo’yicha maxsus yoki fakulьtativ kurslar 
o’tish; 

fanlararo bog’lanishni tuShuntirish; 

oliy ta’lim muassasasidan tashqari ta’lim muassasalari bilan 
bog’lanish. 
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik integratsiya 
bo’yicha ilmiy tadqiqotlar bilan ham tanishtirilishi kerak, afsuski, 


221 
pedagogik integratsiya muammolariga doir mamlakatimizda ilmiy 
ishlanmalar kam. Shu sababli boshlang’ich ta’limga oid O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining nutqlari, Farmonlari va Qarorlariga diqqat 
qilish 
maqsadga 
muvofiq 
bo’ladi. 
Davlatimiz 
rahbarining 
kontseptsiyasiga ko’ra, integratsiya – jamiyat tuzilmalarining barcha 
bo’g’inlarida tarkib topishi kerak, bundan maqsad yagona tizim va 
jarayonga ega bo’lishdir. Shu sababli yangidan yaratilgan ―Milliy o’quv 
dasturi‖da boshlang’ich sinf fanlarining o’zaro bog’liqlik jihatlariga 
asosiy e’tibor qaratilgan. Misol uchun, Husnixat predmeti Ona tili va 
o’qish predmeti bilan yagona reja va dasturga ega. Bunda Ona tilining 
Husnixat va O’qish predmetlarini integratsiya qilib borishiga duch 
kelamiz.
Ayni 
paytda, 
fanlarning 
g’oyaviy 
bog’liqligi 
ularning 
individualligiga daxl qilmasligi kerak. CHunki har bir o’quv fanining 
o’z ob’ekti va sub’ekti bor. Shu jihatdan boshlang’ich sinf 
o’qituvchisining integratsion faoliyati deganda ko’p hollarda uning 
turdosh fanlar mazmunidan xabardor bo’lishi tuShuniladi.
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Integratsiya tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni deganda nimani 
tuShunasiz? 
3. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat asoslari 
nimalardan iborat? 
4. Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmunini o’zlashtirish 
mumkinmi? 


222 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Ingliz pedagogi Robert Ouenning (1771-1858) quyidagi peadogik 
g’oyalarini o’rganing.
Robert Ouen birinchi bo’lib pedagogik nazariya va pedagogik 
tajribani uyg’unlashtirib, pedagogik muammolarni hal etish uchun 
tajriba-sinov ishlari o’tkazishni ilmiy asoslab bergan. Uning fikricha
ta’lim qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar ta’lim oluvchining 
qiziqishlari va ehtiyojlarini qoniqtirishi lozim.
Pedagogning o’tkazgan amaliy tajribalariga ko’ra, o’quvchilarning 
xatolarini to’g’rilash imkoniyati mavjud. Buning uchun amaliy tajribalar 
o’tkazib, muammolarning yechimi topilishi kerak.
Robert Ouen deydi:‖Ta’limda motivlar asosiy o’rin tutadi, unga 
ko’ra, insonni tarbiyalash–bu motivlar asosida uning xarakterini 
shakllantirishdir‖. 
G’arb pedagogikasida Robert Ouenning ―Pedagogik amaliyot‖ asari 
juda mashhur. U bu asarida jumladan Shunday deydi: ― Bolalarning 
tarbiyasida sinfning qulayligi muhim ahamiyatga ega‖.


223 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling