O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
Bog'liq
darslik

Integratsion darslar turlari. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim 
pedagogikasida integratsion darslar turlari shakllanish jarayonini 
boshidan kechirmoqda. Shu sababli bu o’rinda e’tiboringizni 
integratsion darslarning quyidagi turlariga tortamiz: 
1. Auktsion dars. Mazkur integratsion dars turi auktsion tarzda 
o’tkaziladi. Unga ko’ra, muayyan mavzular bo’yicha qisqacha 
tuShuntirish berilib, o’quvchilarning fikri o’rganiladi va ular mutaxassis 
tomonidan baholab boriladi. Bunday darsda o’quvchilar to’rt guruhga 
bo’linadi va guruh a’zolari qo’yilgan mavzular bo’yicha fikrlar 
taqdimotini o’tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, 
Shu g’uruh g’olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har bir teng 
baholanadi. Auktsion dars yakunida uy vazifasi berilmaydi.  
2. Hamkorlik darsi. Integratsion darsning bu turi muayyan mavzularni 
mutaxassislarning ishtirokida o’tkazishga asoslanadi. Unda mutaxassis 
mavzuni ma’ruza tarzida tuShuntiradi va dars yakunida o’quvchilarning 
savollariga javob beradi. Hamkorlik darsining amaliy mashg’uloti 
bo’lib, u maxsus dars sifatida o’tiladi. Unda mutaxassis ma’ruzasi 
muhokama qilinadi va o’quvchilarning mavzuni qanday tuShunganligi 
hamda 
o’zlashtirganligi aniqlanadi. O’qituvchi o’quvchilarning 
muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. 


226 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida har chorakda bir marta hamkorlik 
darsi o’tkazish tavsiya etiladi. 
3. Innovatsion dars. Integratsioon darsning bu turida ko’p hollarda 
kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko’ra, o’qituvchi 
tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. 
Dars jarayoni ham kompьyuter vositasida o’tiladi va taklif qilingan 
mutaxassis yoki o’qituvchilar masofadan turib kompьyuter vositasida 
dars jarayonini kuzatib boradi. Darsning yakunida bu kuzatuvchilar 
darsga nisbatan o’z munosabatini bildiradi va uning yangilik darajasini 
baholaydi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida innovatsion darslarni 
tashkil qilish o’qituvchining mahorat darajasi sifatida baholanmoqda. 
Integratsion 
darslarning 
boshlang’ich ta’limdagi yangiligi 
mashg’ulotlarning mutaxassislar ishtiroki va ularning yordamida o’tish 
bilan belgilanadi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling