O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
Bog'liq
darslik

26-mavzu: Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli 
Reja: 
1. O’qitishning klaster usuli mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli 
3. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari. 
*** 
Tayanch tushunchalar:integratsiya, ta’lim, boshlang’ich, o’qitish, 
klaster, usul, bilim, ko’nikma, malaka, kompetentsiya, o’rganish, 
o’zlashtirish. 
*** 
O’qitishning klaster usuli mazmuni. Klaster tushunchasi G’arb 
mamlakatlarida ishlab chiqarish aloqalarini yo’lga qo’yish mazmunida 
qo’llaniladi. O’qitishning klaster, ya’ni topshiriqlar usuli o’quvchilarni 
mantiqiy fikrlashga, ularning umumiy fikr doirasini kengaytirishga 
xizmat qiladigan atamalar, tushunchalar va voqelikning bir-biri bilan 
bog’liqligini anglab olishga o’rgatuvchi uslubdir.
19
Pedagogik 
ta’limning innovatsion klaster usuli 2019 yili Toshkent viloyati Chirchiq 
davlat pedagogika institutida ilk bor starategik tadqiqotlar mavzusi 
sifatida belgilandi.
20
O’qitishning klaster usulidada quyidagilar muhim o’rin tutadi: 

ta’lim, ishlab chiqarish va manfaatdorlarning o’zaro bog’liqligi; 

biror mavzu yoki darsni o’qituvchi, taklif etilgan mutaxasssis va 
maktab jamoasi ishtirokida o’tish; 
19
Педагогика фанимдан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. –Т.: ―Фан ва технология‖. 
2009.222-бет. 
20
Мухамедов Ғ., Ходжамқулов У. Педагогик таълим инновацион кластери:таъриф, тавсиф 
тасниф,. – Чирчиқ., 2019.


230 

ta’lim oluvchilarning tashabbuslarini inobatga olish. 
Bu yondaShuv o’qitishning klaster usuli ma’no-mazmunini 
ifodalaydi. O’qitishning klaster usulining asosiy maqsadi quyidagilardan 
iborat: 

o’qitish jarayoniga eng so’nggi innovatsion yondaShuvlarni olib 
kirish; 

o’qitish usulining samaradorligi uchun o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, 
adabiyotlar, vositalar hamda didaktik materiallarni uyg’unlikda 
tayyorlash; 

o’qitish jarayoniga keng ko’lamli mutaxassislarni jalb etish. 
Umuman o’qitishning klaster usuli maqsadi mashg’ulotlarni 
jamoaviy tarzda amalga oshirishga asoslanadi.
O’qitishning klaster usulining vazifalari quyidagilardan iborat: 

mamlakatning boshlang’ich ta’lim tizimini zamonaviy bilim, malaka 
va kompetentsiyalarga ega pedagog kadrlar bilan ta’minlash; 

oliy pedagogik ta’lim jarayonini ta’lim beruvchilar, ta’lim oluvchilar 
va ta’lim muassasalari vakillarining teng ishtirokida amalga oshirish; 

o’qitish jarayonini izchillik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining 
uyg’unlashgan tarzida amalga oshirish; 

o’qitish jarayonini manfaatdorlarning hamkorligi asosida jamoaviy 
boshqarish. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish bilan o’qitish jarayonining sifat 
va samaradorligiga erishiladi. Shu jihatdan o’qitishning klaster usuli 
quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1) innovatsion yondaShuvchanlik; 
2) hamkorlik; 


231 
3) innovator o’qituvchilarga ega bo’lish. 
E’tibor berilsa, bu tamoyillar o’qitishning klaster usuli innovatsion 
xarakterda ekanligini ko’rsatadi.
O’zbekiston ta’lim tizimida o’qitishning klastker usuli endi joriy 
etilmlqda. Shu jihatdan quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo’lib 
turibdi: 

o’qitishning klaster usuli bo’yicha nazariy-metodologik ishlanmalar 
yaratish; 

bo’lajak o’qituvchilarga o’qitishning klaster usuli bo’yicha kasbiy 
bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiya berish; 

ta’lim oluvchilar va ta’limdan manfaatdorlarning o’qitishning klaster 
usuli bo’yicha ko’nikmasini shakllantirish; 

ta’lim muassasasida o’qitishning klaster usuliga amal qilishga doir 
sharoit va muhit yaratish. 
Bu masalalarni ijobiy hal qilish natijasida o’qitishning klaster 
usuliga o’tish mumkin.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling