O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
darslik

 
 
 
 
 
 


236 
27-mavzu: Boshlang’ich ta’limda “Maktab – laboratoriya” usuli 
Reja: 
1. ―Maktab – laboratoriya‖ usulining mazmuni 
2. Boshlang’ich ta’limda maktab – laboratoriya tashkil qilish asoslari 
3. Boshlang’ich ta’limni maktab – laboratoriya usuli asosida amalga 
oshirish omillari. 
*** 
Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, maktab, laboratoriya, 
usul, yondaShuv, tamoyil, bilim, ko’nikma, o’rganish, o’zlashtirish. 
*** 
“Maktab – laboratoriya” usulining mazmuni. O’zbekiston ta’lim 
tizimida pedagogik ta’limning innovatsion klaster usullarini o’rganish va 
amaliyotga joriy etish jarayoni kechmoqda. Ana Shunday innovatsion 
usullardan biri ―Maktab-laboratoriya‖ dir.
“Maktab-laboratoriya” usuli innovatsion yondaShuv bo’lib, unda 
muayyon yangi loyihalar yoki ilmiy tadqiqotlarning natijalari 
belgilangan maktablarda tajriba-sinovdan o’tkaziladi.
21
Shu jihatdan 
―Maktab-laboratoriya‖ o’ziga xos tajriba-sinov maydonchasidir. Bu 
tajriba-sinov maydonchasida quyidagilar amaliyotdan o’tkaziladi: 

pedagogik muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy mavzular va 
loyihalarni sinovdan o’tkazish; 

o’qitishning innovatsion, integratsion va yangi texnologik modullarini 
sinovdan o’tkazish; 
21
Қаранг: Курносова С.А. Школа-лаборатория как одна из форм иследовательской 
деятельности учителей// Вестник КГУ.№ 1, 2008.- С.61-64. Ходжамқулов У. Мактаб-
лаборатория. – Чирчиқ, 2019. 


237 

tarbiyaga doir yangi yondaShuvlar, modellar va uslublarni sinovdan 
o’tkazish; 

o’qituvchilarning 
individual 
va 
ilg’or 
o’qitish 
uslublarini 
ommaviylashtirish. 
Shu jihatdan ―Maktab-laboratoriya‖ tizimining asosiy maqsadi 
ta’lim va tarbiyaga oid hamda ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning 
xulosalarini tajriba- sinovdan o’tkazish maydonidir.
Mazkur 
tajriba-sinov 
maydonchasining 
asosiy 
vazifalarini 
quyidagilar tashkil etadi: 

muammolar 
va 
loyihalarni 
amaliyotga 
bog’lash, 
ularning 
haqqoniyligini tasdiqlash; 

pedagogik yutuqlarni tajribaviy asosda ommalashtirib borish; 

maktab o’qituvchilarini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish; 

ilmiy-tajriba ishlarini maktab o’qituvchilari va mutaxassislar 
hamkorligida o’tkazish; 

ta’lim va tarbiya jarayonini innovatsion vositalar bilan izchil ta’minlab 
borish. 
Shu 
sababli 
―Maktab-laboratoriya‖ tizimi hozirgi zamon 
O’zbekiston ta’lim jarayonini innovatsion rivojlantirish ishida muhim 
o’rin tutadi. Misol uchun, bugungi kunda Toshkent viloyati Chirchiq 
davlat pedagogika instituti tomonidan Toshkent viloyatining umumiy 
o’rta ta’lim maktablarida 25 ta ―Maktab-laboratoriya‖ tajriba-sinov 
maydonchalari tashkil etilgan. Unda institutning professor-o’qituvchilari 
va umumta’lim maktablarining o’qituvchilari faol ishtirok etmoqda. 
Buning natijasida oliy pedagogik ta’lim va maktab ta’limi o’rtasida 
ilmiy-amaliy aloqalar, maktab o’qituvchilarini ilmiy tadqiqot ishlariga 


238 
jalb etish hamda ta’lim-tarbiya muammolarini innovatsion hal etish 
yutuqlariga erishildi. Shu jihatdan ―Maktab-laboratoriya‖ tizimi amaliy 
natijalarni berishi namoyon bo’ldi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling