Reja: Kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlashda ilmiy rahbar ishtiroki
Download 38.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlashda ilmiy rahbar ishtiroki. 2. Kurs ishini tashkillashtirish 3. Kurs ishini biaholash mezonlari
4.2.mavzu: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlash metodikasi. Reja: 1. Kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlashda ilmiy rahbar ishtiroki. 2. Kurs ishini tashkillashtirish 3. Kurs ishini biaholash mezonlari 1. kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlash metodikasi Kurs ishi mavzulari o‘quv rejaga asoslangan holda fan mazmuniga muvofiq ravishda ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Mavzular ilmiy, dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Kurs ishining sifati mavzuning to'g'ri tanlanganligiga bog'liq. Ya’ni talaba u yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga bo'lgan hohishi bilan mavzu tanlashi hamda ushbu muammoni tadqiq etish jarayonida ilmiy rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin. Biroq ayni vaqtda ilmiy rahbar albatta tanlangan mavzu bo'yicha ilmiy adabiyotlar va amaliy materiallari tanlash imkoniyatini ham hisobga olishi zarur. Kurs ishi-talabaning tanlagan sohasiga mos keluvchi egallagan bilim darajasi haqida ma’lumot beruvchi, mustaqil bajariladigan va yozma shaklda ifoda etiladigan ijodiy, ilmiy tadqiqot ishidir. Ushbu ish izlanuvchi-tadqiqotchidan (ya’ni, talabadan) tadqiqot predmetini chuqur va ijodiy o'rganish, tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash, ko'rilayotgan muammo, holatni tahlil qilish hamda shaxsiy xulosa va umumlashmalarni talab etadi Kurs ishini bajarish talabalar uchun eng muhim bo'lgan mustaqil ishlardan biri hisoblanadi. Uni tayyorlashda muvofiq keluvchi huquqiy intizomni o'rganish zarur komponentlardan biridir. Kurs ishini yozmasdan yoki himoya etmasdan turib talaba lmtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham o'tkazilmaydi. Kurs ishi, odatda, 2-,3- va 4- kurslarda bajariladi. Kurs ishlarining bu kabi bajarilishi ilmiytadqiqotchilik malakalari, shuningdek, maxsus pedagogika va psixologiya sohasida muayyan psixologik-pedagogik muammoni hal qilish malakalarining uzviy shakllantirilishini ta’minlash lozim. Kurs ishi o'quv fanini o'rganishning yakunlovchi bosqichida bajariladi, uni bajarish davomida olingan bilim va malakalardan foydalaniladi. Fan bo'yicha kurs ishi quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi: □maxsus fanlar bo'yicha olingan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalami tizimlashtirish va mustahkamlash; □berilgan mavzu doirasida nazariy bilimlarni chuqurlashtirish; □ ilmiy-metodik adabiyotlar, ma’lumotnoma, meyoriy va huquqiy hujjatlardan tadqiqot o'tkazish maqsadida foydalanish malakalarini takomillashtirish; □nazariy bilimlardan amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish malakalarini shakllantinsh; □ ljodiy tashabbuskorlik, mustaqillik, mas’uliyat va uyushqoqlikni rivojlantirish; bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik. Kurs ishlari mavzulari professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi va kafedrada muhokama qilinib, tasdiqlanadi. Kurs ishlari mavzulari o‘quv fanlari ishchi dasturlarida tavsiya etilganlarga muvofiq kelishi lozim. Kurs ishlari yozishdan maqsad talabalarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, lzlanishga doir ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir. Download 38.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling