Reja: Kurs ishi (loyihasi) ni tayyorlashda ilmiy rahbar ishtiroki


Download 38.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi38.28 Kb.
#1828411
1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma`ruza

Talabaning vazifalari  
-Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:

ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;

ilmiy rahbarning tuzib bergan rejasi asosida bergan topshiriqlarni o‘z 
vaqtida bajarishi;

o'rnatilgan tartib bo'yicha kurs ishining hisobotini o‘z vaqtida kafedraga 
taqdim etishi kerak.
Adabiyotlarni tanlash Fanga ta’luqlii bo'lgan barcha turdagi adabiyotlarni va 
manbalarni ko‘rib chiqish lozim:
maxsus, ilmiy; ilmiy-ommobop; ma’lumotnomalar, shu singari statistik; umumiy.
Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma'lumotlarni yig‘ish  
Adabiyotlarni o‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to‘g‘ri
tanlanganligiga ishonch xosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi 


mavzusini to‘g‘ri tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan 
manbalarni qayta ko‘rib asosiylarini qoldirishdir. Manbalarni to‘plashda talaba 
uning chop etilgan yiliga ham aloxida e’tibor berishi lozim.
Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb xisoblangan 
muammolarni yechishda unchalik ahamiyatli bo‘lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o‘ziga eng ma’qul 
deb topgan ma’lumotlarni olgandagina olib borgan tadqiqoti samara beradi.
Kurs ishini biaholash mezonlari  
Kurs ishini asosiy baholash mezonlari quyidagilardan lborat.
■mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;
■ko‘rilayotgan masala bo‘yicha mahalliy hamda xorijiy manba va maxsus 
adabiyotlardan to‘liq foylanilganligi;
■tadqiqot obyekti bo‘yicha daliliy ma’lumotlarni to‘liq va sifatli to‘planganligi;
■qo‘yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning 
tasdiqlanganligi;
■olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
■xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni 
isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkomyatlari;
■materialni aniq va to‘g‘ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli 
rasmiylashtirilganligi, mazkur «Metodik qo'llanma» talablari hisobga olinganligi;
• kurs ishining nazariy va amaliy masalalar bo'yicha munozara yurita 
olinganligi, kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolarining savollari va 
taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarining to‘g‘ri va chuqur 
ifodalanganligi.
Ish sessiya boshlanishiga 10 kun qolganda topshiriladi va himoya qilinadi.


Nazorat savollari:
1.Maktahgacha ta’limda metodika fanlarini o'qitish texnologiyasi fanidan kurs 
ishi (loyihasi)ni tayyorlash metodikasini tushuntiring.
2.Ilmiy rahbarning vazifalari nimalardan iborat?
3.Talabaning vazifalari nimalardan iborat?
4.Kurs ishini biaholash mezonlarini tushuntiring.
  

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling