O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Osiyo mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
Bog'liq
darslik

Osiyo mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi. Osiyo qit’asidagi rivojlangan mamlakatlar boshlang’ich 
ta’limida Rossiya Federatsiyasi boshlang’ich ta’limining ta’siri kuchli. 
Unga ko’ra, boshlьang’ich ta’limda gumanitar, aniq va tabiiy fanlar 
turkumlari teng o’qitiladi.
Rossiya Federetsiyasi boshlang’ich ta’limida federal (davlat) 
boshlang’ich ta’lim standartlari bilan birgalikda O’lka va Respublika 
boshlang’ich ta’lim standartlari ham amal qiladi. Rossiyaning 
boshlang’ich ta’limi ko’p tilli ta’lim hisoblanadi va ayni paytda, 
Rlssiyada istiqomat qiluvchi xalqlarning tillarida ham boshlang’ich 
ta’lim amalga oshiriladi. Misol uchun, Tatariston Respublikasida rus tili 
bilan ьirgalikda boshlang’ich ta’limda tatar tili ham o’qitiladi va 
Shuningdek, bu Respublikada boshlang’ich ta’limda dastlabki bosqichda 
islom dini asoslari ham o’qitiladi.


253 
Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida Rossiya Federatsiyasining 
boshlang’ich ta’limi ta’siri ustuvor xususiyatga ega.
Yaponiya 
mamlakatining 
boshlang’ich ta’limi o’ziga xos 
xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 
boshlang’ich ta’lim 6 yil bo’lib, davlat va xususiy boshlang’ich 
maktablarga bo’linadi. Yaponiya boshlang’ich ta’limida milliy g’oya 
ustuvor bo’lib, unda yapon tili eng mukammal til sifatida o’rgatiladi.
Mazkur mamlakatning boshlang’ich ta’limida quyidagi o’quv 
fanlari o’qitiladi: 

Yapon tili; 

Arifmetika; 

Musiqa; 

San’at (teatr va kino) 

Jismoniy tarbiya; 

Hayotiy faoliyat asoslari. 
Yaponiya xususiy boshlang’ich ta’lim maktablarida qo’shimcha 
ravishda DinShunoslik va Dunyoviy etika fanlari o’qitiladi.
Yaponiya boshlang’ich ta’lim maktablari raqam belgilanmaydi, 
aksincha maktab maksub hudud nomi bilan yuritiladi. Misol uchun
birgina Tokiyada mingdan ortiq ―Tokiya boshlang’ich maktabi‖ deb 
yuritiluvchi boshlang’ich ta’lim muassasalari mavjud. Ayni paytda, 
xususiy boshlang’ich ta’lim maktablarida ba’zida o’g’il bolalar va qiz 
bolalar alohida-alohida o’qitiladi.
Mazkur 
mamlakatning 
boshlang’ich 
ta’limi 
uchun 
yagonalashtirilgan o’quv darsliklari yo’q. Har bir hududning o’z 


254 
darsliklari mavjud. Lekin barcha darsliklar yapon milliy ruhi bilan 
sug’orilgan bo’lishi shart.
Shunday qilib rivojlangan davlatlarda boshlang’ich ta’limni 
integratsiya asosida tashkil etish tajribalari mavjud bo’lib, ularni 
o’rganib borish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun muhim 
ahamiyatga ega.
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Yevropa mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi qanday xususiyatlarga ega? 
2. Amerika qit’asi mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi xususiyatlarini bilasizmi? 
3. Osiyo mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi deganda nimani tuShunasiz? 
4. Rivojlangan mamalakatlarning boshlang’ich ta’limi qanday umumiy 
xususiyatlarga ega? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Evropa mamlakatlarida boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
integratsiyasi asoslarini o’rganing. 
Amerika qit’asi mamlakatlarining boshlang’ich ta’limni tashkil 
qilish xususiyatlarini konspekt qiling. 
Osiyo mamlakatlarining boshlang’ich ta’limni tashkil qilish 
asoslarini o’zlashtiring. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling