O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich sinf o’quvchisi – bilim olish, ko’nikma egallash va 
axloqiy fazilatlarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan 7-11 yoshli shaxslar 
boshlang’ich sinf o’quvchisi hisoblanadi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchisiga bilim olish, topshiriqlarni bajarish va qiziqishlarini 
namoyon qilish talabalari qo’yiladi. Ayni paytda, boshlang’ich ta’limda 
o’quvchilarning huquqlari ustuvor hisoblanadi. Shu sababli boshlang’ich 
sinf o’quvchisining aqliy, jismoniy, ruhiy va estetik imkoniyatlari ta’lim 
jarayonida birlamchi tarzda hisobga olinadi. O’zbekiston sharoitida 
boshlang’ich sinf o’quvchisining xaq-huquqlarini to’liq himoya qilish 
boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasiga yuklangan.
 
Boshlang’ich sinf rahbari - mazkur kasb egasi 7-11 yoshli 
o’quvchilar shaxsini ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy jihatdan 
shakllantiruvchi, himoya qiluvchi hamda yo’naltiruvchi professional 
o’qituvchi hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida o’qituvchilarning 
maqomini yuksaltirish yondaShuvlariga binoan boshlang’ich sinf 
rahbarlariga o’quvchilarning mutlaq yetakchisi funktsiyasi yuklangan. 
Unga ko’ra, boshlang’ich sinf rahbarining fikri va xulosalari 
boshlang’ich sinf o’quvchilarining ota-onalari, o’qituvchilari va 
jamoatchilik vakillari tomonidan qat’iy qabul qilinadi. Maktab 


267 
pedagogik Kengashi boshlang’ich sinf rahbarining tavsiyasiga binoan 
boshlang’ich sinf o’quvchisi to’g’risida xulosa chiqaradi.
Voleologiya – bu fan pedagogik yondaShuvlar asosidagi 
gumanitar fanlardan biri bo’lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim 
beruvchilarning 
sog’lom turmush tarzi bilan ta’minlanganlik 
muammolarini o’rganadi. Mazkur fan vositasida ta’lim oluvchilarda, 
ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom fikr, sog’lom g’oya 
va sog’lom fazilatlar shakllantirildi. Voleogiya fani mustaqillik yillarida 
O’zbekiston ta’lim tizimiga pedagogik fanlar turkumi sifatida kiritildi va 
hozirgi kunda mazkur fanning metodologik asoslari bo’yicha ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Gepoteza – pedagogik ta’limda muayyan yangi fikrning tajriba-
sinov natijalari asosida dalillanishi gipoteza deyiladi. Bu tushuncha 
ilmiy bashorat ma’nosida qo’llaniladi. Boshlang’ich ta’limda gepoteza 
o’quvchilarning 
bilim 
olish, 
ko’nikmalar 
o’zlashritish 
va 
tarbiyalanganlik darajalarini baholashda ishlatiladi, unda ilmiy farazlar 
asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining rivojlanish darajasi 
baholanadi.
Dars – boshlang’ich ta’limni berishning asosiy shakli. Dars kirish, 
asosiy va yakuniy qismlarga bo’linadi. Hozirgi zamon boshlang’ich 
ta’limida darsning quyidagi turlari qo’llanilmoqda: yangi bilimlar berish 
darsi, ko’nimalarni mustahkamlash darsi, tarbiyaviy ishlarni amalga 
oshirish darsi, ilmiy dars, klaster dars, innovatsion dars, binar dars. 
Mazkur dars turlarining asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilariga 
kutilgan darajada yangi bilimlarni berish, tezkor ravishda ularning 


268 
ahloqiy fazilatlarini shakllantirish va layoqatlarini rivojlantirishdan 
iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zining individual dars berish
uslubiga ega bo’lishi taqozo etiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling