O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda integratsiya


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda integratsiya – bu boshlang’ich ta’lim 
o’quv fanlarining, o’quv jarayonining va tarbiya tadbirlarining boshqa 
ta’lim bosqichlari bilan uzviy aloqadorligini hamda bog’liqligini 
ifodalaydi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida integratsiya o’quv, 
ilmiy va ishlab chiqarish muassasalari bilan hamkorlikni ham 
ifodalamoqda. Ayni paytda, boshlang’ich ta’limda integratsiya 
jarayoninin boshlang’ich ta’limning sifat va samaradorligiga ta’sir 
etkazuvchi omillar majmui sifatida tuShunish lozim. Bugungi kunda 
mamlakatimizda boshlang’ich ta’limda integratsiya muammolari 
pedagogik, sotsiologik va psixologik jihatdan tadqiqi etilmoqda. Shu 
sababli bu jarayon Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining uzviy 
tarkiblaridan birini tashkil etadi. 
Boshlang’ich ta’limda innovatsiya – bu tushuncha boshlang’ich 
ta’lim jarayoniga olib kiriladigan yangi g’oyalar, usullar, tushunchalar
qoidalar va texnologiyalarni ifodalaydi. Boshlang’ich ta’limda 
innovatsiya deganda boshlang’ich ta’limning mazmuni va mohiyatini 
davr talablari asosida yangilab borishni tuShunish lozim. Shu jihatdan 
yangi O’zbekiston sharoitida boshlang’ich ta’limga milliy pedagogk 
tajriba 
va 
xalqaro 
pedagogik 
an’analar asosida innovatsion 
yondaShuvlar kiritish jarayoni kechmoqda. Boshlang’ich ta’limda 
innovatsiya jarayoni Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi – tegishli ma’lumotga ega, 
kasbiy tayyorgarligi bor va ahloqiy fazilatlarga ega mutaxassis shaxslar 
boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi sifatida e’tirof etiladi. Bunda 


266 
boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi tegishli nazariy bilim, amaliy ko’nikma, 
uslubiy malaka va faoliyat kompetentsiyasiga ega bo’lishi taqozo etiladi. 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida bir necha o’qituvchilar guruhi 
faoliyat yuritmoqda, biroq ularga nisbatan kasbiy hamda axloqiy talablar 
yagona tarzda qo’yiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling