O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
indikatorlari. Hozirgi zamon O’zbekiston boshlang’ich ta’limi
samaradorligini integratsion baholashning indikatorlarini ishlab chiqish zaruriyat bo’lib turibdi. Indikator – muayyan holat yoki darajani baholash belgilaridir. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholashda quyidagi indikatorlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi: 1) boshlang’ich ta’limga doir belgilangan davlat talablarining bajarilishi; 2) boshlang’ich ta’lim davlat standarilarining samaradorligi; 258 3) boshlang’ich ta’limni moliyalashtirish darajasi; 4) boshlang’ich ta’limning oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlanish darajasi; 5) boshlang’ich ta’limning o’quv rejalari, dasturlari va darsliklarining optimalligi; 6) boshlang’ich ta’limda amal qilayotgan zamonaviy axborot- kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarning samaradorligi; 7) boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi; 8) boshlang’ich sinf o’quvchilarining keyingi ta’limga tayyorgarlik darajasi; 9) boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijtimoiylaShuv darajasi; 10) boshlang’ich ta’lim jarayonining izchil rivojlanib borish holati. Aynan mana Shu indikatorlar asosida boshlang’ich ta’limning samaradorligi integratsion baholanadi. Integratsion baholash natijasida quyidagilar ishlab chiqiladi: - boshlang’ich ta’limni rivojlantirish strategiyasi; - boshlang’ich ta’lim sinflarini optimallashtirish; - boshlang’ich ta’lim darsliklarining yangi avlodini yaratish; - boshlang’ich sinf o’qitkvchilarining kompetentsiyasini rivojlantirib borish asoslari. Bunday yondaShuv boshlang’ich ta’lim samaradorligini oshirib borish imkoniyatlarini beradi. Shunday qilib boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ularni o’zlashtirishi taqoza etiladi. 259 Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Integratsion baholash mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 2. Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash mexanizmlari nimalardan iborat? 3. Boshlang’ich ta’limning samaradorligini integratsion baholash indikatorlarini nimalar tashkil etadi? 4. Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholashning asosiy maqsadi nima? Topshiriq: pedagogik amaliyot Integratsion baholash mazmunini o’rganing. Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash mexanizmlarini o’zlashtiring. Boshlang’ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash indikatorlarini konspekt qiling. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling