O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’lim – hozirgi zamon ta’lim jarayonida 
boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning savodxonlik, bilim 
olish 
va 
tarbiyaviy 
ko’nikmalari shakllantiriladi. O’zbekiston 
boshlang’ich ta’limida o’quv fanlarining gumanitar, aniq va tabiiy 
turkumdagi asoslarining dastlabki tushunchalari bo’yicha saboq beriladi. 
2017 yildan e’tiboran O’zbekiston boshlang’ich ta’limining savod 
o’rgatish funktsiyasi maktabgacha ta’lim bosqichiga o’tkazildi. Buning 


264 
natijasida O’zbekiston boshlang’ich ta’limi o’quv fanlari dverikatsiya 
qilinib, unga ko’ra, turdosh fanlar o’zaro yaqinlashtirildi va o’quv 
dasturlari umumlashtirildi. 2021 yil mart oyidan boshlab amalga 
kiritilgan Milliy o’quv dasturida boshlang’ich ta’limning asosiy 
vazifalari sifatida fanlar turkumlari bo’yicha boshlang’ich bilim berish, 
o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy ko’nikmalarini shakllantirish va 
ularning 
layoqat 
kompetentsiyasini 
tarkib 
toptirish 
belgilandi. 
Shuningdek, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston boshlang’ich 
ta’limiga ―Odobnoma‖ va ―Vatan tuyg’usi‖ fanlari o’rniga yangi 
mazmundagi ―Tarbiya‖ fani kiritildi. Bu hol O’zbekiston boshlang’ich 
ta’limi tarixi va tajribasida yangi xodisadir.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – mazkur o’quv fani Umumiy 
pedagogika asosida shakllangan bo’lib, u XX asrda ilmiy-nazariy va 
amaliy-uslubiy 
jihatdan 
asoslangan. 
Boshlang’ich 
ta’lim 
pedagogikasining tarkiblarini boshlang’ich ta’limda bilim berish 
jarayoni, o’qitish didaktikasi va tarbiya nazariyasi tashkil qiladi.
Mazkur yo’nalishlar bo’yicha mustaqillik yillarida O’zbekistonda ilmiy-
tadqiqot ishlari amalga oshirilad boshlandi. Shu jihatdan boshlang’ich 
ta’lim pedagogikasining ta’lim berish nazariyasini Umumiy 
pedagogikaning tamoyillari tashkil etadi, didaktikasini boshlang’ich 
ta’lim berishning o’qitish nazariyasi tashkil qiladi va uning tarbiya 
nazariyasini boshlang’ich ta’limda o’quvchi shaxsini ma’naviy, axloqiy, 
jismoniy hamda aqliy jihatdan dastlabki bosqichda tarbiyalash tashkil 
qiladi. Hozirgi kunda Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining ilmiy-
tadqiqotchilik metodologiyasi asoslari shakllantirilmoqda.


265 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling