O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlari. 
Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usulini joriy 
etish uchun asosiy metodlarni belgilab olish kerak. Bizning 
yondaShuvimizga ko’ra, bu metodlarningь asosiylari quyidagimlardan 
iborat: 
1) uzviylik; 
2) hamkorlik; 
3) samaradorlik. 


234 
Uzviylik metodi boshlang’ich ta’limning mavzulari, darslari va 
o’quv fanlarini ketma-ketlikda amalga oshirishga asoslanadi. Misol 
usun, O’qish fanining mavzusi Ona tili fanining mavzusi bilan 
uzviylikda o’qitilishi kerak. Bunda uzviylik deganda tushunchalar va 
bilimlarni ketma-ketlikda berish tuShuniladi.
Hamkorlik metodi boshlang’ich ta’limni undan manfaatdorlar bilan 
amalga oshirishga asoslanadi. Masalan, dars jarayonini amalga 
oshirishda o’qituvchilar ota-onalar bilan hamkorlik qilishi kutilgan 
samarani 
beradi. 
Bunda 
ota-onalar 
o’quvchilarning darslarni 
o’zlashtirganligi yoki sho’lashtirmaganligi to’g’risida axborot beruvchi 
hisoblanadi.
Samaradorlik metodi boshlang’ich ta’limning mavzulari, darslari
o’quv fanlari va tarbiya jarayonini kutilgan darajada amalga oshirishga 
asoslanadi. Misol uchun, boshlang’ich ta’limda o’qitish va tarbiyalash 
jarayoni teng samarani berishi kerak. Bunda boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari va maktab jamoasining birligi muhim o’rin tutadi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida boshlang’ich ta’limda 
o’qitishning klaster usuli metodlari endi shakllantirilmoqda. Shu sababli 
bu borada quyidagilarni amalga oshirish zarurat bo’lib turibdi: 

o’qitishning klaster usuli metodlarini tadqiq etish va ularning 
asosiylarini belgilash; 

bunday metodlarni tajriba-sinovdan o’tkazish va Shundan keyin ularni 
ommaviylashtirish; 

metodlarni boshlang’ich ta’limga joriy etishning metodologik 
asoslarini yaratish; 

mazkur metodlar bo’yicha xorijiy tajribalarni o’rganish. 


235 
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli 
pedagogik innovatsion tizimning negizlaridan biri sifatida amaliy 
ahamiyatga ega. 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. O’qitishning klaster usuli mazmuni nimalardan iborat? 
2. Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli deganda 
nimalarni tuShunasiz? 
3. Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlarini nimalar 
tashkil qiladi? 
4. Boshlang’ich ta’limda o’qitishninshg klaster usuli qanday jarayon 
hisoblanadi? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
O’qitishning klaster usuli mazmunini o’rganing va ularni konspekt 
qiling. 
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usulini o’zlashtiring 
va yodda saqlang. 
Boshlang’ich ta’limda o’qitishning klaster usuli metodlarini 
yodlang. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling