O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli. Bugungi 
kunda O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimiga o’qitishning innovatsion 
usullarini joriy etish jarayoni kechmoqda. Ulardan biri o’qitishning 
klaster usulidir.
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usulining asosiy 
maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzular, darslar va o’quv 
fanlarini 
o’qituvchilar, 
o’quvchilar, 
maktab 
jamoasi 
hamda 
mutaxassislar ishtirokida hamkorlikda amalga oshirishdir. Bunda 
mavzularni yoki o’quv fanlarini tuShuntirishda keng jamoatchilikning 


232 
imkoniyatlaridan va keng ko’lamli ma’lumotlardan oqilona foydalanish 
nazarda tutiladi.
Boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

maktab 
jamoasining 
boshlang’ich 
ta’lim 
bo’yicha 
ilg’or 
mutaxassislari, ilmiy va o’quv markazlari bilan hamkorlikda dars o’tishi 
bo’yicha Rejaga ega bo’lishi; 

boshlang’ich ta’lim mavzularini chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan 
ma’lumotlar asosida o’tish; 

boshlang’ich ta’lim darslarini an’anaviy va noan’anaviy mashg’ulotlar 
shakllarida tashkil qilish; 

boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini o’zaro bog’liqlik va uyg’unlikda 
o’qitish; 

boshlang’ich ta’limda klaster usulini joriy etish jarayonini monitoring 
qilib borish. 
Bu vazifalarni amalga oshirish bilan boshlang’ich ta’limni tashkil 
qilishda klaster usuli imkoniyatlariga ega bo’linadi.
Hozirgi kunda boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda o’qitishning 
klaster usulidan foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish 
dolzarb bo’lib turibdi: 

oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari uchun boshlang’ich ta’limda klaster usuli bo’yicha bilim 
berish; 

pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi 
vositasida amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini 
o’qitishning klaster usuli bo’yicha malakasini tarkib toptirish; 


233 

boshlang’ich ta’limni tashkil qilishning klaster usuli bo’yicha 
metodologik asoslarini ishlab chiqish; 

boshlang’ich ta’limnin tashkil qilishning klaster usuliga doir xalqaro 
tajribalarni o’rganish. 
Mazkur masalalarni hal qilish boshlang’ich ta’limni tashkil qilishda 
klaster usulidan oqilona foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Bizning yondaShuvimizga ko’ra, o’qitishning klaster usulini 
boshlang’ich ta’limga joriy etishda quyidagilarga asoslanish maqsadga 
muvofiq bo’ladi: 

boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarini ijtimoiy, aniq va tabiiy fanlar 
turkumlariga bo’lib o’qitish; 

mazkur turkumlar bo’yicha mutaxassislarni, ilmiy va o’quv 
markazlarini boshlang’ich ta’lim mashg’ulotlariga keng jalb etish; 

boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining klaster usulida o’qitish 
jarayonini Sinf rahbari tomonidan nazorat qilib borilishi. 
Bunday yondaShuv qo’yilayotgan muammoning yechimini ijobiy 
hal qilishga xizmat qiladi.  

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling