1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim
sifatida. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va
tamoyillari
Reja:
1.
Maktabgacha ta’lim
fanlarini
o‘qitish jarayoni
yaxlit
tizim sifatida.
2. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari.
3. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish tamoyillari.
Tayanch iboralar: Ta’lim,
yaxlit tizim, maktabgacha ta’lim, o‘qitish
qonuniyatlarining o‘ziga xosliklari,
tamoyillari, ta’limning tarbiyaviy xususiyati,
ilmilik,
tizimlilik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik va faollik - ta’limning
samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); ta’limning tushunarliligi; guruhli va
individual ta’lim birligi; ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga
mos kelishi; oqilona talabchanlik bilan bola
shaxsini hurmat qilishning
muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik, tamoyillari.
1.1. Maktabgacha pedagogika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida-«bola»
va
gogike-
«yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari,
muayyan jamiyatda
yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim
berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar
tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari
asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika - maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni
tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan kamolotga
yetkazish masalalarini o‘rganadiShuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berish va ularda ahlokiy fazilatlarni shakllantirish
va ularni maktab
ta’limiga tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim
jihati - uniga ta’lim berish va uni tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratadi.
Maktabgacha pedagogika
-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod,vosita va
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy,
ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.