1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha ta’lim turkum fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
Maktabgacha pedagogika fanlarini boshka fanlar bilan bog‘likligi
Download 114.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1.Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
- Pedagogik jarayon
Maktabgacha pedagogika fanlarini boshka fanlar bilan bog‘likligi.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy- axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir: 1. Yosh fiziologiyasi-maktabgacha yoshidagi bolalarning yosh fiziologik xususiyatlarini o‘rganadi. 2. Bolalar psixologiyasi-maktabgacha yoshidagi bolalarni psixologik xususiyatlarini o‘rganadi 3. Korreksion (maxsus) pedagogika-rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. O‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 3.1. Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 3.2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya-aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 3.3. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 3.4. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi-nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 4. Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarinio‘rganadi. 5. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi. 6. Pedagogik texnologiya–ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi. 7. Pedagogik mahorat-bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarinio‘rganadi. 8. Ta’limni boshqarish-ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi. 9. Ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy munosabatlar jarayonida maktabgacha yoshidagi bolalarni ijtimoiy hayot va faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integrasiyalashuv jarayoni chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o‘qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F.Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi. Nemis pedagogi A.Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”. Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D.Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K.D.Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F.Bunakov, P.F.Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P.Baxterov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F.Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko‘p tomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand- nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”. XX asrning 70-yillarida Yu.K.Babanskiy, B.S.Ilin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P.Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi. Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o‘zida jamlaydi. Pedagogik jarayon–pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy kategoriyalaridan biri. Pedagogik Download 114.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling