O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
5-Modul. Boshlang’ich ta’limda integratsiya
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsiya tushunchasi.
215 5-Modul. Boshlang’ich ta’limda integratsiya 24-mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsiya mohiyati Reja 1. Integratsiya tushunchasi 2. Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni 3. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining integratsion faoliyat asoslari *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, integratsiya, tushuncha, mazmun, asos, bilim, yondaShuv, dars, mashg’ulot, ko’nikma, tajriba. *** Integratsiya tushunchasi. ―Integratsiya‖tushunchasi lotincha bo’lib, to’liq, yaxlit va bir butunlik ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida integratsiya so’zi quyidagilarni ifodalaydi: 1) o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligini; 2) o’qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini. XX asr oxirlarida butun dunyoda davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari boshlandi. Buning natijasida ta’lim va ilm-fanda ham integratsion jarayonlari yuzaga kelib, unda g’oyaviy bog’liqlik, mavzuli aloqadorlik va ilmiy-metodik samaradorlik masalalarga alohida e’tibor berila boshlandi. Pedagogik nuqtai nazardan integratsiyaning quyidagi afzalliklari mavjud: - o’quv rejalari, dasturlari va adabiyotlarini turdosh fanlar bilan aloqadorlikda tuzish, buning natijasida fanlar mavzularida takroriylikning yuzaga kelmasligi; - ta’lim va tarbiya ishlarini turdosh fanlarning o’zaro bog’liqligida amalga oshirish; 216 - ta’lim muassasasining hamkorlik ko’lamining kengayishi; - ta’lim beruvchilarning professional hamkasblari bilan o’zaro aloqaga kirishishi; - ilmiy ishlanmalarning amaliy xususiyatlari kuchayishi. Integratsiyaning mazkur yutuqlari ta’lim va tarbiya tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish, ularning xalqaro hamkorlik yo’nalishlarini belgilash hamda ta’limning sifat samaradorligiga erishishda qo’l keladi. Pedagogik integratsiyani yuzaga keltirish uchun bir necha talablar mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: - ta’lim muassasalariga teng shart-sharoit yaratish va ularni bir xil texnologik jihozlash; - fanlarning muammolarini hamkorlikda hal etish; - ta’lim va tarbiya jarayonining texnologiyalari, metodlari va vositalarini manfaatdor muassasalar bilan birgalikda yaratish; - ta’lim va tarbiya ishtirokchilarining nazariy bilimi, ko’nikma va malakasini takomillashtirib borish. Mazkur talablar pedagogik integratsiyaning mazmunini tashkil qiladi. Shu jihatdan integratsion jarayonlarni ta’lim va tarbiyaga oid g’oyalar, yondaShuvlar hamda kontseptsiyalarni yaxlit organizm sifatida tuShunish kerak. 2018 yildan boshlab Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida integratsiyaning innovatsion pedagogik ta’lim klasteri joriy etila boshlandi. 18 Unga ko’ra, klaster usuli innovatsion pedagogik 18 Мухамедов Ғ.,Ходжамқулов У. Инновацион педагогик таълим кластери:таъриф, тасниф,таркиб.-Чирчиқ.:‖Университет‖.2018. 217 integratsiyaning asoslaridan biri sifatida qabul qilindi va mazkur innovatsion integratsiyaningg xususiyatlari quyidagilardan iborat: - o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligini ta’minlash; - o’quv jarayoni va amaliyotning uyg’unligini birlamchi bilish; - kafedralarning mahalliy va xalqaro hamkorligini qat’iy kuchaytirish; - institutning Toshkent viloyati ta’lim muassasalari bilan nazariy va amaliy hamkorligini amalga oshirish; - viloyatning ta’limga oid muammolarini barcha manfaatdorlar bilan birgalikda hal etish; - pedagog kadrlarni tayyorlashda ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish; - ―Maktab-laboratoriya‖lar tashkil etish. Buning natijasida Institut va Toshkent viloyati ta’lim muassasalari o’rtasida o’ziga xos integratsion jarayonlar yuzaga keldi. Natijada institutning ilmiy va o’quv-uslubiy ishlari amaliyot bilan bog’lana boshlandi, Shuningdek, viloyat ta’lim muassasalarining muammolarini institut bilan hamkorlikda ilmiy, pedagogik va psixologik jihatdan hal etish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Pedagogik integratsiyada ta’lim beruvchilar va ta’limdan manfaatdorlar o’rtasida o’zaro hamkorlikka asosiy e’tibor qaratiladi. Shu sababli hozirgi zamon pedagogikasida ta’lim va tarbiyaning sifat samaradorligiga erishishda integratsiya jarayonlari innovatsion yondaShuvlar bilan birgalikda muhim o’rin tutmoqda. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling