O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni. O’zbekiston 
boshlang’ich ta’lim tizimida keyingi yillarda integratsiya jarayoni 
amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, boshlang’ich ta’limda integratsiya 
muammolarini ilmiy-nazariy va metodik jihatdan hal etilmaganligi 


218 
mazkur jarayonni idrok etish ishlari qiyin kechmoqda. Shu ma’noda 
bizning yondaShuvimizga binoan boshlang’ich ta’limda integratsiya 
asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 

o’quv rejalari va dasturlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda 
tuzilishi; 

o’quv adabiyotlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda yaratilishi va 
bunda mavzularning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik; 

boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayonini umumiy o’rta ta’lim hamda 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda amalga 
oshirish; 

boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoniga turdosh fanlar tajribasidan 
o’tgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish; 

boshlang’ich ta’lim muammolarini pedagogika, psixologiya
sotsiologiya va boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy tatqiq etish; 

boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining optimal va uzviylik 
tamoyillariga asosan bog’liqligini ta’minlash; 

boshlang’ich ta’limning tajribaviy yutuqlarini boshqa ta’lim turlari va 
fanlariga taqdim etib borish. 
Mazkur yondaShuv asosida boshlang’ich ta’limda integratsiyani 
tarkib toptirish mumkin. Aslida ta’limda integratsiya muayyan ta’lim 
yoki o’quv fanining yutuqlarini ommalashtirish va o’zgalarning 
yutuqlarini o’zlashtirishdan iborat. Shu ma’noda boshlang’ich ta’limda 
integratsiya quyidagi mexanizmlarga asoslanadi: 

o’quv fanlarini turdosh ta’lim bosqichlari va ilmiy muassasalar bilan 
hamkorlikda o’qitish; 

o’quv adabiyotlarini amaliy faoliyat bilan uyg’unlikda yaratish; 


219 

boshlang’ich ta’limni amalga oshiruvchilarning faoliyatini manfaatli 
hamkorlik asosida tashkil etish. 
Ushbu mexanizmlarga asosan boshlang’ich ta’limda integratsiya 
jarayonini yuzaga keltirish mumkin. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli ―O’zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmonida boshlang’ich 
ta’limda integratsiyani tarkib toptirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish belgilangan: 

o’zaro uzviy bog’liq o’quv fanlarini birlashtirish hisobiga ularning 
sonini optimallashtirish; 

o’quvchilarning o’z bilim va ko’nikmalaridan amaliyotda 
foydalanishni o’rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab 
chiqish; 

fanlararo o’zaro aloqadorlikni qat’iy ta’minlash; 

yangi avlod darsliklarini o’qituvchining metodik qo’llanmasi, 
o’quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks 
tarzda yaratish hamda nashr etish. 
Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash natijasida O’zbekiston 
boshlang’ich ta’limida o’ziga xos integratsiya yuzaga keladi. Shu 
sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida mazkur asoslarni kutilgan darajada o’zlashtirishi va 
boshlang’ich ta’lim integratsiyasi muammolariga doir yaratilayotgan 
ilmiy ishlanmalardan xabardor bo’lib borishi taqozo etiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling