O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda individual usullar
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda individual usullar. Hozirgi
zamon boshlang’ich ta’limini tashkil etishda tajribali va mahoratli o’qituvchilarning individual usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kuzatishlar va o’rganishlar Shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ko’pgina boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’zlarining individual ta’lim usullariga ega. Bunday individual usullarga quyidagi umumiy xususiyatlar xos: 1. Ijodiylik. Tajribali va mahoratli boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta’lim jarayonini tashkil etishda ijodiy yondashadi. Bunday ijodiylik quyidagilarda namoyon bo’ladi: - har bir mavzuni yangicha o’tish; - darslikdagi matnlarni ijodiy tahlil qilish orqali tuShuntirish; - har bir mashg’ulotlar uchun original ko’rgazmali jihozlar tayyorlash; - maktab sharoitidan oqilona foydalanish. 98 Buning natijasida boshlang’ich sinf o’qituvchilarining individual ta’lim uslubida ijodiylik ilk rejaga chiqadi. 2. Individual ishlash. Bunga ko’ra tajribali va mag’oratli boshlang’ich sinf o’qituvchilari har bir o’quvchi bilan individual Shug’ullanadi. Bunday Shug’ullanish quyidagilarda namoyon bo’ladi: - ilg’or o’quvchilarni yanada faollashtirish; - o’zlashtirishda orqada qolayotgan o’quvchilarni faollashtirish; - murakkab axloqqa ega o’quvchilar bilan alohida Shug’ullanish; - o’quvchilarning uy topshiriqlarini bajarishida metodik tavsiyalar berish. Buning natijasida tajribali va mahoratli boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ta’limni amalga oshirishida individual ishlash tajribasi yuzaga kelgan. 3. Samaradorlik. Bunga ko’ra tajribali va mahoratli boshlang’ich sinf o’qituvchilari dars va tarbiyaviy mashg’ulotlarda kutilgan samaraga erishadi. Bunday samaralar quyidagilarda namoyon bo’ladi: - sinf o’quvchilarining ko’pchiligini a’lochi va faol o’quvchilar tashkil etishi; - o’quvchilarda bilim olishga intilish va tashabbuskorlikning yaqqol ko’rinib turishi; - o’quvchilar o’rtasida pedagogik konfliktlarning kuzatilmasligi; - maktab tadbirlarida mazkur sinflarning asos sifatida ishtirok etishi. Buning natijasida tajribali va mahoratli boshlang’ich sinf o’qituvchilarining individual ta’lim usulida samaradorlik komponenti tarkib topgan. 99 Bugungi oliy pedagogik ta’lim jarayonida tajribali va mahoratli boshlang’ich sinf o’qituvchilarining individual ta’lim usullarini o’rganib borish dolzarb bo’lib turibdi. Shunday qilib hozirgi zamon boshlang’ich ta’limini tashkil etish usullari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Diqqat qiling (10-chizma): Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling