O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich
ta’lim pedagogikasi o’qitish metodlari. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning turli metodlari qo’llaniladi. Bu o’rinda ana Shu metodlarni tizimlashtirib taqdim etish mumkin. Birinchi guruh metodlar. Bu metodlar ma’lumotlarni va bilimlarni og’zaki uzatishga asoslanadi. Uning asosiy turlari quyidagilardir: - suhbat; - hikoya qilish; - tuShuntirish; - ma’ruza; - matn bilan ishlash. O’qituvchi bu metodlardan birini ixtiyoriy tanlaydi va asosiy e’tiborni natijaga qaratadi. Ikkinchi guruh metodlar. O’qitishning mazkur guruh metodlari amaliyotga yo’naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Uning asosiy turlari quyidagilardan iborat: - mashq; 88 - amaliy mashg’ulot; - laboratoriya tajribalari. Mazkur metodlar o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini shakllantiradi. Uchinchi guruh metodlar. O’qitishning bu guruh metodlari nazorat va baholashga asoslanadi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir: - mustaqil ish; - nazorat ishi; - test topshiriqlari; - loyihalar himoyasi; - imtihonlar. O’qitishning mazkur metodlari o’qituvchi va o’quvchilar hamkorligida tanlanadi. Bunda asosiy maqsad o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash va baholashdir. Bugungi kunda O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida baholashning 5 balli tizimi qaytadan joriy etildi. Kelgusida umumiy o’rta ta’lim tizimiga o’qitishning kredit-modulli tizimini joriy etish mo’ljallanmoqda. U holda boshlang’ich ta’lim tizimida baholashning kredit tizimi joriy etiladi va bu masalalni keyinchalik e’tiboringizga havola qilamiz. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish metodlari ehtiyojlarga mos ravishda takomillashtirilib borilishini eslatib o’tish joiz. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling