O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
ta’lim o`qitish
jarayoniga zamonaviy yondashuvlar 2. Boshlang`ich ta’limda o`qitish turlari 1. Boshlang`ich ta’limda o`qitish jarayoni mazmuni Maqsadga erishish 84 1. Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning asosiy turlari nimalardan iborat? 3. Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayoniga zamonaviy yondaShuvlar bo’yicha nimalarni bilasiz? 4. Boshlang’ich ta’limning o’qitish jarayoniga zamonaviy yondaShuvlarni joriy etish uchun nimalarga amal qilish kerak? Topshiriq: pedagogik amaliyot ―Yon daftar‖ingizga boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayonining mazmunini konspekt qiling. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasidagi o’qitishning asosiy turlarini yodlang. Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayoniga zamonaviy yondaShuvlarning asosiy shakllarini eslab qoling. 85 9-mavzu: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish asoslari Reja: 1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari 2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi o’qitish metodlari 3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, pedagogika, o’qitish, qonuniyat, tur, metod, bilim, yondaShuv, o’zlashtirish, o’rganish, ko’nikma, malaka. *** Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari umumpedagogik qonuniyatlarga asoslanadi. Pedagogik olimlarning fikricha, o’qitish qonuniyatlari ichki va tashqi qonuniyatlarga bo’linadi. 9 Bunda qonuniyat deganda o’quv jarayonining tashkiliy, uzviy, uzluksiz va maqsad- muddaolarining o’zaro bog’liqligi tuShuniladi. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining ichki qonuniyati quyidagilardan iborat: - bilish va amaliy ko’nikmalar o’rtasidagi muammolarni hal etish, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malaka asosida aqlini rivojlantirish; - o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi hamda u asosda o’qitish samaradorligiga erishish; - o’quvchilarning faolligi va u asosda o’qitishning natijaviyligini ta’minlash; - o’quvchilarning bilmaslikdan bilishga o’sib borishini tarkib toptirish. 9 Қаранг: Оконь В.Введение в общую дидактику. – М.: «Педагогика». 1990. 86 E’tibor berilsa, o’qitishning ichki qonuniyatlari bevosita pedagogik jarayon bilan bog’liqdir. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning tashqi qonuniyatlari quyidagilardan iborat: - o’qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarining ijtimoiy yo’naltirilganligi; - ta’lim oluvchini rivojlantirish; - o’qitishning hamisha nimanidir o’zlashtirishga yo’naltirilganligi; - ta’lim oluvchilarni atrof-muhitga olib kirish. Mazkur tashqi qonuniyatlar o’qitishning samaradorligiga yo’naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Boshlang’ich sinf o’qitiuvchisi ta’lim va tarbiya jarayonida ana Shu pedagogik qonuniyatlarga qat’iy amal qilishi kerak. Aks holda o’qitishning maqsad va vazifalarigi erishib bo’lmaydi. Asosiy e’tibor o’quvchilarning bilim olishi, ko’nikmalarni o’zlashtirish va tarbiyalanishiga qaratilishi kerak. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlarining asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar; - davlat ta’ldim standartlari; - pedagogik ilmiy tadqiqotlarning xulosalari; - ilg’or o’qituvchilarning tajribalari. Butun dunyo miqyosida boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning qonuniyatlari bola huquqlarining ustuvorligi, tabiiylik va ijtimoiylik tamoyillariga tayanadi. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim 87 pedagogikasida o’qitishning qonuniyatlarini belgilashda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: - ma’lumotlarni uzatishda qat’iylikka amal qilish; - bilim berish va o’qitishda tizimlilik; - ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini tarkib toptirish; - nazariya va amaliyot uyg’unligi; - o’qitishning turli imkoniyatlaridan foydalanish; - xalqchillik. Bu tamoyillar o’qitishning qonuniyatlari negizini tashkil qiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling