O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash va joriy etib borish muhim hisoblanadi. Shu jihatdan YuNESKO tomonidan pedagogik texnologiyalar tushunchasiga 89 quyidagicha ta’rif berilgan: ―Pedagogik texnologiyalar – bu ta’lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarning barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlarni o’zlashtirishning maqbul jarayonidir‖. 10 Shu ma’noda boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning pedagogik va texnologik yondaShuvlari integratsiyasiga asoslangan pedagogik texnologiyalar ustuvor darajada qo’llaniladi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning quyidagi eng maqbul texnologiyalarini qo’llash kutilgan samarani beradi: - an’anaviy o’qitish texnologiyasi; - masofaviy o’qitish texnologiyasi; - innovatsion va integratsion o’qitish texnologiyasi. An’anaviy o’qitish texnologiyasi amalda bo’lgan va yillar davomida tajribadan o’tgan ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlar tizimiga asoslanadi. Bu tizim bugungi kunda ham nazariy – amaliy ahamiyatini yo’qotgan emas. Masofaviy o’qitish texnologiyasi virtual ta’lim berish jarayoni bo’lib, unda o’qitish turli texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi va mashg’ulotlar nazariy hamda amaliy topshiriqlar shaklida amalga oshiriladi. Innovatsion va integratsion o’qitish texnologiyasi boshlang’ich ta’lim pedagogikasida yangiliklarni kiritib borish hamda ta’lim va amaliyotning uyg’unligini joriy etishga asoslanadi. Bunda mazkur texnologiya ta’lim oluvchini faollashtirishga yo’naltiriladi. 10 Педагогика фанидан изоҳли луғат. Ж.Ҳасанбоев ва бошқ. – Т.,2009. 402-бет. 90 Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida ta’kidlangan o’qitish texnologiyalariga asoslanish besh tamoyilga tayanadi. Ular quyidagilardan iborat: birinchi tamoyil: o’quv fani, modul yoki muayyan mavzudan kutiladigan asosiy maqsadni shakllantirib olish; ikkinchi tamoyil: har bir darsni modullarga bo’lib o’qitish; uchinchi tamoyil: modullarda mavzu matni va topshiriqlarni ifodalash; to’rtinchi tamoyil: modul asosida dars mashg’ulotlarini amalga oshirish; beshinchi tamoyil: mashg’ulotlarda erishilgan natijalarni tahlil qilish. Bu tamoyillar boshlang’ich ta’lim pedagogikasida zamonaviy o’qitish texnologyalarini joriy etib borishga asos bo’ladi. Shunday qilib boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish asoslari o’ziga xos xususiyatlarga egadir. E’tibor bering (9-chizma): 91 An`anaviy o`qitish texnologiyasi Dogmatik o`qish Ichki qonuniyatlar Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish asoslari 1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari 2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari 3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari Tashqi qonuniyatlar Rivojlantiruvchi o`qitish Masofaviy o`qitish texnologiyasi Tushuntiruvchi o’qitish Muammoli o`qitish Innovatsion va integratsion o`qitish texnologiyasi Modulli o`qitish Boshlang`ich ta’lim pedagogikasi 92 Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari deganda nimani tuShunasiz? 2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari qanday bo’ladi? 3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi o’qitish metodlarining qanday turlarini bilasiz? 4. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida qanday o’qitish texnologiyalari muhim ahamiyatga ega? Topshiriq: pedagogik amaliyot Topshiriq: CHex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592- 1670) boshlang’ich ta’lim didaktikasiga oid quyidagi qarashlarini o’zlashtiring. Komenskiy deydi: ―Tarbiyaning maqsadi uchta: 1) e’tiqod va ezgulikni shakllantirish; 2) ezgu xulq-atvorni tarkib toptirish; 3) til o’rgatish‖. Pedagog olimning fikricha, boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning nutqi, axloqi va tushunchalari to’g’ri shakllantirilishi kerak. Bunda bolalar quyidagilarga ko’niktirilishi lozim bo’ladi: aql bilan fikrlash, foydali xatti-harakat qilish va to’g’ri so’zlash. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling