O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich
ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari pedagogik tajribadan o’tgan shakllarga asoslanadi. Bu o’rinda o’qitishning eng muhim turlariga e’tiboringizni tortamiz. 81 1. Dogmatik o’qitish. O’qitishning bu turida qat’iy belgilab olingan tamoyillarga asoslaniladi. Misol uchun, boshlang’ich sinf o’quvchilari o’qish, yozish, chizish va hisoblash ko’nikmasiga ega bo’lishi shart. 2. Rivojlantiruvchi o’qitish. O’qitishning mazkur turida o’quvchilarning ixtiyoriy ta’lim olishiga asoslaniladi. Bunda o’quvchilarning qiziqishiga qarab ma’lumotlar kengaytiriladi yoki qisqartiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni fikr yuritishga o’rgatishdir. 3. TuShuntiruvchi o’qitish. O’qitishning bu turida bilimlar va ko’nikmalar tuShuntiriladi, uning asosida o’quvchilar amaliy faoliyatga tayyorlanadi. Bunda o’qituvchi o’quv materiallarini erkin tanlaydi, ya’ni o’qituvchi darslikdan farqli ravishda o’quv materiali tayyorlashi mumkin. 4. Muammoli o’qitish. O’qitishning mazkur turida avvolo muammo qo’yiladi, keyin uning yechimi o’quvchilar ishtirokida topiladi. Bu tur o’quvchilarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, fikrlash va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantiradi. 5. Dasturli o’qitish. O’qitishning bu turida kompьyuterli texnologiyalarga asoslaniladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi kompьyuter vositasida muloqotga kirishadi. Mazkur tur o’quvchilarga ma’lumotlarni xohlagan tarzda berish, topshiriqlarga tuzatishlar kiritish, o’quv jarayonini virtual nazorat qilish imkonini beradi. 6. Modulli o’qitish. O’qitishning mazkur turida o’qituvchi va o’quvchi ma’lumotlarni modul tarzida qabul qiladi. Bunda o’quv fanlarining mavzulari muayyan tartib asosda yoritiladi va o’quvchilar modellashgan ma’lumotlarni qabul qiladi. Shu sababli modulli o’qitishda bo’limlar, mavzular va bandlar kompьyuterli dasturga kiritiladi. 82 Pandemiya sharoitida 2019-2020 o’quv yilidan boshlab o’qitishning modul turi va uning masofaviy ta’lim shakli ta’lim jarayonida qaytadan qo’llanila boshladi. Bu hol modul o’qitish turini didaktik jihatdan takomillashtirilib borilishini ko’rsatdi. Bunday keyingi ilmiy tadqiqotlar ana Shu muammoga yo’naltirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari o’qituvchi tomonidan erkin tanlanadi. Ayni paytda, bunda o’qitishning maqsad va vazifalariga to’liq erishish, uning samaradorligini ta’minlash talablari qo’yiladi. Shu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitishning barcha turlarini talab darajasida egallashi taqozo etiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling