O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’lim didaktikasi samaradorligi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’lim didaktikasi samaradorligi. O’zbekiston 
sharoitida boshlang’ich ta’lim didaktikasining samaradorligi quyidagilar 
bilan belgilanadi: 
a) o’quv jarayonini eng yuqori talablar asosida tashkil etish; 
b) boshlang’ich ta’limni professional o’qituvchilar bilan ta’minlash; 
v) boshlang’ich ta’lim davlat standartlarini qat’iy bajarish. 
Mazkur mezonlarga binoan boshlang’ich ta’lim didaktikasining 
samaradorligiga erishiladi. Keyingi paytlarda boshlang’ich ta’limda 
texnik 
vositalarni 
va 
zamonaviy 
texnologiyalarni 
keng 
qo’llanilayotganligi bois boshlang’ich ta’limning samaradorligi aynan 
ana Shu jarayon bilan baholanmoqda. Biroq, boshlang’ich ta’lim 
didaktikasining samaradorligi eng avvalo O’qituvchilarning faoliyati 
bilan baholanishi kerak. CHunki o’qituvchining asosiy maqsadi o’quv 
fanlarini talab darajasida o’qitish, tuShuntirish va uning yo’nalishlarini 
baholab borishdan iborat. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim didaktikasida 
texnik 
vositalar 
va 
zamonaviy 
texnologiyalar 
samaradorlikka 
erishishning ikkilamchi asosi hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari boshlang’ich ta’lim didaktikasining samaradorligiga 
erishish ko’nikmasini egallashi taqozo etiladi. Buning uchun talabalar 
quyidagilarga amal qilishi kerak: 

boshlang’ich ta’lim didaktikasi bo’yicha bilimlarni egallash; 

boshlang’ich ta’lim didaktikasiga doir qo’shimcha adabiyotlarni 
o’qish; 


76 

―Boshlang’ich ta’lim‖ jurnali va ―Ma’rifat‖ gazetalari bilan muntazam 
tanishib borish; 

Ustozlardan boshlang’ich ta’lim didaktikasiga doir maslahatlar olish. 
O’zbekiston sharoitida umumiy didaktika masalalari yaxshi tadqiq 
etilgan. Ayni paytda, boshlang’ich ta’lim didaktikasi bo’yicha ilmiy 
ishlanmalar kam. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
talabalarning boshlang’ich ta’lim didaktikasi muammolari bo’yicha 
ilmiy tadqiqotchiligini kuchaytirish dolzarb bo’lib turibdi.
Boshlang’ich ta’lim didaktikasining umumiy samaradorligi 4-sinf 
bitiruvchilaring bilim va ko’nikma darajasi bilan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi 
bilan boshlang’ich ta’lim bitiruvchilarini umumiy, Prezident va 
ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlash vazifasi qo’yildi. Shu 
ma’noda boshlang’ich ta’limni bitiruvchilar ushbu ta’lim maskanlarining 
qaysi birida ko’p o’qishiga qarab boshlang’ich ta’lim didaktikasining 
umumiy samaradorligi baholanishi tarkib topdi. Bu yangilik 
boshlang’ich ta’lim didaktikasi samaradorligida asosiy mezonlardan biri 
sifatida qaralmoqda (7-chizma):


77 
1. Didaktika 
tushunchasi
Bilim olamiga olib 
kirish 
O`qish 
O`zlashtirish
Davlat ta’lim 
standartini bajarish 
O`qitish
O`qitish
Ta’lim berish
Professional 
o’qituvchilar bilan 
ta’minlash
Boshlang’ich ta’limda o’qitish nazariyasi 
va amaliyoti 
O’quv jarayonini 
tashkil qilish 
Boshlang’ich ta’lim didaktikasi 
asoslari 
2. Boshlang’ich ta’lim 
didaktikasining 
xususiyatlari 
3. Boshlang’ich ta’lim 
didaktikasi 
samaradorligi 


78 
Shunday qilib hozirgi zamon ―Boshlang’ich ta’lim didaktikasi‖ 
mazmuni o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan pedagogik fanlar 
tarkibida muhim o’rin tutadi.
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Didaktika tushunchasi deganda nimani tuShunasiz? 
2. Boshlang’ich ta’lim didaktikasining xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
3. Boshlang’ich ta’lim didaktikasi samaradorligiga qanday erishiladi? 
4. Boshlang’ich ta’lim didaktikasining o’ziga xos xususiyatlarini 
bilasizmi? 
Topshiriq: pedagogik amaliyot 
Topshiriq: mashhur pedagog Mark Fabiy Kvintilianning (e.a. 35 – 
e. 95) quyidagi fikrlarini yon daftaringizga yozib oling.
―Farzand tug’ilgach, ota-onaning asosiy vazifasi umid bo’lib qoladi. 
CHunki har bir ota-ona o’zining farzandini o’qimishli bo’lishini 
istaydi... Shu jihatdan ota-onalarning asosiy vazifasi o’z farzandlariga 
ta’lim berishdan iborat. Boshlang’ich ta’limda bolalar yozuvga 
o’rgatilishi shart, bunda o’yin metodiga asoslanish kerak bo’ladi. Buning 
natijasida bolaning kuchli quroli xotira shakllantiriladi‖.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling