O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
Bog'liq
darslik

2. Kasbiy talablar. Ta’kidlangan hujjatda amaliy faoliyatdagi 
boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun quyidagi kasbiy talablar 
qo’yilgan: 
- oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lish; 
- davlat ta’lim standartlarini va o’qitilayotgan o’quv fanlari dasturlari 
talablarini bilish; 


67 
- umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish; 
- sinflar, laboratoriyalar va to’garaklar xonalarini jihozlashni bilish; 
- o’quv–tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta’minlash 
printsiplariga amal qilish; 
- o’quv fanlarining mazmuni va ularni o’qitishda izchillikka amal qilish; 
- o’quvchilarning umumiy va yosh psixologiyasini bilish; 
- o’qitishning interaktiv(innovatsion, integratsion – Z.U.)metodlarini 
bilish; 
- o’quvchilarni milliy g’oya asosida ma’naviy va axloqiy tarbiyalash 
metodologiyasini bilish; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasblar haqida tushunchalarini 
shakllantirishni bilish; 
- o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muomalada etika va estetika 
normalariga rioya qilish; 
- sinfdan (darsdan) tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish 
metodikasini bilish; 
- belgilangan sanitariya-gigshiena normalarini bilish. 
Diqqat qilinsa, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari 
uchun muhim kasbiy talablar belgilangan.
Eslatib o’tish joizki, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf 
o’qituvchilari ushbu umumiy va kasbiy talablarga rioya qilishi bilan 
faoliyat samaradorligiga erishadi hamda belgilangan kategoriyalarni 
egallaydi. Ularning mazkur talablarga rioya qilib borishi Malaka 
oshirish tizimida nazorat qilinadi hamda kuchaytirib boriladi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida ana Shu umumiy va kasbiy talablarni o’zlashtiradi.


68 
Shunday qilib boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan 
malaka talablari davlat tomonidan belgilanadi, ularni o’zlashtirish va 
ularga amal qilish boshlang’ich sinf o’qituvchisining professionalligini 
ta’minlaydi (6-chizma):

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling