O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Amaliy  faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
darslik

Amaliy 
faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining 
malakaviy 
tayyorgarligini 
oshirib 
borish. 
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizning umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarida 
professional o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular bu borada 
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ―Ta’lim to’g’risida‖gi 
Qonunining (2020 yil 23 sentyabrь) 5-bobida belgilangan pedagog 
xodimlarning huquqi, maqomi va majburiyatlariga qat’iy amal qilishi 
bilan faoliyat samaradorligiga erishadi.
Ayni 
paytda, 
amaliy 
faoliyatdagi 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni ular 
tomonidan chuqur bilishi va amal qilishi taqoza etiladi. Bu borada 
hozirgi kunda ham ijroda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli Qarori bilan 


65 
tasdiqlangan ―Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishga qo’yiladigan Davlat talablari‖da amaliy faoliyatda 
bo’lgan boshlang’ich sinf o’qituvchilar uchun malakaviy talablar 
belgilangan.
Mazkur malakaviy talablar quyidagilardan iborat: 
1. Umumiy 
talablar
Amaliy 
faoliyatdagi 
boshlang’ich 
sinf 
o’qituvchilariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi to’rt tarkibdan 
iborat: 
a) o’qitish mahorati bo’yicha; 
b) tarbiyalash mahorati bo’yicha; 
v) shaxsiy sifatlar bo’yicha; 
g) bilimlarni nazorat qilish va xolisona baholash bo’yicha. 
O’qitish mahorati bo’yicha quyidagi quyidagi talablar qo’yilgan:
- kasbiy layoqat va eruditsiyaga (his-tuyg’u)ga egalik; 
- psixologik-pedagogik tayyorgarlikka egalik; 
- ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlarni olishga 
o’rgatish ko’nikmasiga egalik; 
- o’quv adabiyotlarining shakllari va turlarini bilish; 
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bilish, Internet global 
tarmog’idan foydalanish; 
- o’z malakasini oshirib borishni bilish; 
- ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish; 
- pedagogika fanining asosiy yznalishlarini bilish; 
- o’quv fanlariaro aloqalardan foydalanishni bilish; 
- notiqlik san’ati asoslarini bilish. 
Tarbiyalash mahorati bo’yicha qo’yiladigan talablar: 


66 
- o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligini bilish; 
- o’quvchilarni uyg’un shakllantirishni bilish; 
- tarbiya metodlari va texnologiyalarini bilish; 
- o’quvchilarda axloqiy, ijtimoiy va estetik fazilatlarni shakllantirishni 
bilish. 
SHaxsiy sifatlar bo’yicha qo’yiladigan talablar: 
- talabchanlik
- haqqoniylik; 
- halollik
- mehribonlik; 
- xushmuomalalik. 
Bilimlarni o’zlashtirish yuzasidan nazorat va xolisona baholash 
bo’yicha qo’yiladigan talablar: 
- bilimlarni o’zlashtirishni baholashning printsiplarini bilish; 
- bilimlarni o’zlashtirishni baholashning metodlari va mexanizmlaridan 
xabardor bo’lish; 
- standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqishni bilish; 
- o’zlashtirishni xolisona baholashga qat’iy amal qilish. 
E’tibor berilsa, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari 
uchun muhim umumiy talablar belgilangan.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling