O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
79 8-mavzu: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish jarayoni Reja: 1. Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni 2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish turlari 3. Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayoniga zamonaviy yondaShuvlar *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, pedagogika, o’qitish, qonuniyat, tur, metod, bilim, yondaShuv, o’zlashtirish, o’rganish, ko’nikma, malaka. *** Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayoni mazmuni. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi‖ fani boshlang’ich sinflarda o’qitish jarayonini mazmunli tashkil etish asoslari bilan talabalarni qurollantiradi. Bunda asosiy e’tibor boshlang’ich ta’limni tashkil etish, uning maqsadi, mazmuni va vazifalari to’g’risida kasbiy bilim, ko’nikma hamda malaka berishga yo’naltiriladi. Boshlang’ich ta’lim o’qitish jarayonining mazmunida quyidagi uch masala muhim o’rin tutadi: - o’qitish; - o’qish; - o’zlashtirish. O’qitish – bu shaxsga zaruriy bilimlar berish jarayoni bo’lib, uning vositasida shaxs kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotga ega bo’ladi. Boshlang’ich ta’limda o’qitish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunida va umumpedagogik metodologiyaga muvofiq bu qonuniyatlar o’qitish jarayoni samaradorligini belgilaydi. Boshlang’ich 80 ta’limda o’qitish alohida komponentlarga, ya’ni o’zining maqsadi, mazmuni, shakli, usullari, uslublari va texnologiyalari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat bo’ladi. O’qish – bu o’z mazmuni jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida o’quvchilar davlat ta’lim standartlari asosida belgilangan muayyan bilimlarni o’zlashtiradi. Shu jihatdan o’qish boshlang’ich sinf o’quvchilarining borliq, voqelik va hodisalar to’g’risidagi bilimi, ko’nikmalari va malakalari majmuidir. Boshlang’ich ta’limda o’qish jarayoni motivlashtirilgan belgilar asosida amalga oshiriladi. O’zlashtirish – bu tuShunish va o’rganish orqali axborotning mazmuni, undan foydalanish to’g’risida bilim, ko’nikma hamda malakalarning hosil bo’lish jarayonidir. Boshlang’ich ta’limda o’zlashtirishning darajalari quyidagilardan iborat bo’ladi: - o’rgatilgan bilim va ko’nikmalarni to’g’ri takrorlash; - bilimlarning ma’nosini tuShunib borish va yodda saqlash; - o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish. E’tibor berilsa, boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayonining mazmuni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda o’qituvchilar o’qitish vazifasini, o’quvchilar esa o’qish va o’zlashtirish vazifasini bajaradi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling