Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet1/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
Документ


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur

Bismillahir rohmanir rohiym

QUR’ONI KARIM


Ma’nolari tarjimasi
Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur

TARJIMA HAQIDA


Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat.
Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud.
Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.
Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.
Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat:

  1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib borildi.


  1. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs ichida berildi.


  1. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi.


  1. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o'tib qolgan so'zlarni ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar biz arabchadan o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo'lsak, kitobxonlarning o'qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.

Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, o'zbekchada ham o'sha mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo'rttirish yoki o'zgartirish kabilardan xoli.
So'zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima'zur tutishlarini, tarjima to'g'risidagi o'z fikr mulohazalarini bildirgudek bo'lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga olishimizni bildiramiz.
Abdulaziz Mansur.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling