Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov,
Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek Hasanov.
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi.
TARJIMON HAQIDA
Abdulaziz Mansur Dadajon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatining Mindon qishlog'ida 1944 yili tavallud topgan. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatning ko'zga ko'ringan ulamolari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.
1975 yilda Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi. 1980-1981 yillari Sudandagi «Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi. 1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul kotib lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasining fatvo bo'limi mudirligi vazifasida ishladi. 1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar va din ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000 yilning may oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.
Abdulaziz Mansur Toshkent va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari bilan muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan. Bundan tashqari Abdulaziz Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida mas'ul muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bu islomshunos olimning bajarib kelayotgan xizmatlari tahsinga loyiqdir.
www.ziyouz.com кутубхонаси
Do'stlaringiz bilan baham: |