Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda Izoh: Bu oyat bilan Alloh taolo o'z rasuli va habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib islomga kirishi haqida bashorat bermoqda. va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda, darhol, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan maqfirat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. MASAD SURASI Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi. Unda Payg'ambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1.Abu Lahabning qo'llari qurisin (halok bo'lsin)! Halok bo'ldi ham. Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi. Yaqinda (u) olovda toblanajak. Shuningdek, o'tin tashuvchi xotini ham. Bo'ynida puxta eshilgan arqoni ham bo'lur. Izoh: Abu Lahabning asl nomi Abdul-Uzzo bo'lgan. Ma'nosi Uzzo degan butning quli demakdir. Alloh taolo o'z qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi. Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan. IXLOS SURASI Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj, Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) ayting: "U Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Unga biror tengqur ham yo'qdir. Izoh: Ixlos surasining fazilatlari haqida ko'pgina hadisi shariflar vorid bo'lgan. Zero, uning mazmuni tavhidga, ya'ni, Allohning zoti yakka va yagona ekani, Uning sifatlari komil bo'lib, bandalarining sifat va xususiyatlaridan tubdan farq qilishi tasvirlangan. Mazkur hadislarda bu sura Qur'oni karimning uchdan biriga tengligi, uni o'n bor o'qigan kishiga jannatda bir qasr barpo etilishi, uni qiroat qilish jannatiylik sababi ekani kabi bashoratlar mavjud. FALAQ SURASI Falaq - tong. Bu va bundan keyingi surani qo'shib turib, ularga "muavvazatayn", "panoh so'raluvchi ikki sura" deb ham ataladi. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga, yaratgan narsalari yovuzligidan, zulmatga cho'mgan tun yovuzligidan, tugunchalarga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan. Izoh: Bu suraning fazilatlari to'g'risida ko'pgina hadisi shariflar mavjud. Barcha yomonlik va yovuzliklardan omonda bo'lish uchun Falaq, Nos, Ixlos suralarini o'qib Allohdan najot so'rashning foydalari to'g'risida Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ko'p bashoratlarni aytib ketganlar. NOS SURASI Nos - odamlar. Bu surada ins va jinlarning yovuzlari, ya'ni, shaytonlaridan omonda bo'lish uchun Allohdan panoh so'rash ta'lim beriladi. 6-oyatdan ma'lum bo'lishicha, jinlarning shaytoni bo'lganidek, odamlarning ham shaytoni bo'lar ekan. Har ikki toifaning ishi ham odamlarni vasvasa qilib yo'ldan ozdirish, fojealarga duchor qilish ekan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O'zi) jinlar va odamlardandir". Izoh: Hadisi shariflarda kelgan ma'lumotlarga qaraganda Qur'oni karimning oxiridagi mazkur ikki sura janob Rasululloh sehrlanganlarida shifo tariqasida nozil qilingan. Qissaning asli shunday bo'lgan. Yahudiylardan Labid ibn al-A'sam degan bir munofiq o'zini musulmon ko'rsatib, Payqambar huzurlariga kelib-ketib yurar va ba'zi hojatlarini ado etishda xizmat qilib turar ekan. Shu xodimni qo'lga olib bir guruh yahudiylar uning yordamida Rasulullohning to'kilgan sochlari va taroqidan sinib tushgan tishlarini qo'lga tushiradilar va shu narsalarga sehr jodu qilib bir eski quduqqa tashlaydilar. Shundan keyin Rasulullohning sochlari to'kilib, olti oy betob bo'lib yotib qoladilar. Bir kuni ikki farishta kelib, biri tizzalari ro'parasiga, ikkinchisi bosh tomonlariga o'tirib bir-biri bilan savol-javob qiladilar. Biri: Unga nima bo'libdi? -desa, ikkinchisi: Sehrlanibdi, - der edi. Kim sehrlabdi? Labid ibn al-A'sam ismli bir yahudiy. Sehrni nimaga o'qibdi? To'kilgan sochlari va taroq tishlariga. Sehr o'qilgan narsalar qayerga tashlangan? Zarvon ismli quduqqa. Shundan keyin odam yuborib ko'rsalar, haqiqatan, o'sha quduqda soch tolalari, taroq tishlari va nina suqilgan yana o'n ikkita tugun bor ekan. Shu paytda Alloh taolo mazkur ikki surani nozil qiladi. Suralarni har bir marta o'qiganlarida, bittadan tugun yechilar ekan. Shunday qilib, o'n ikki marta o'qiganlarida darddan butunlay foriq bo'lib ketgan ekanlar. Rasul Akram (s. a. v. ) sahobalarning: "Labidni qatl etaylik", - degan talablarini esa rad qilgan ekanlar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling