Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
QUR'ONI KARIM VA UNING QIROATIGA DOIR MASALALAR
Download 0.71 Mb.
|
Документ
QUR'ONI KARIM VA UNING QIROATIGA DOIR MASALALARQur'oni karim Allohning kalomi bo'lgani uchun uni qiroat qilishning o'ziga xos vojibot va odoblari borkim, ularga rioya qilish har bir musulmonning zimmasidagi muqaddas burch hisoblanadi. Jumladan: * * Qur'oni karim oyatlarini qiroat qilishni niyat qilgan odam, avvalo, tahorat olishi kerak. * * Imkoni bo'lsa u yaxshi, oq va pok kiyimlarini kiyib olsin. * * Qiroat uchun og'zini va tishlarini tozalasin. * * Qiroatiga xalal berishi mumkin bo'lgan narsalarni atrofidan chetlatsin yoki qulay, daxlsiz joy topib, o'sha yerda tilovat qilsin. * * Qiblaga yuzlangan holda qiroat qilish avlo hisoblanadi. * * Namozdan tashqarida o'qiganda o'tirib qiroat qilingani ma'quldir. * * Yonboshlab, biror narsaga suyanib, chordona qurib o'tirgan holda, yurib qiroat qilishdan ko'ra, tiz cho'kib o'tirgan holatda qiroat qilish odobga yaqindir. * * * Yod o'qigandan ko'ra Mushafga qarab o'qishning savobi ko'proqdir. Zero, qiroat bir ibodat bo'lsa, Mushafga nazar qilish ham bir ibodat hisoblanadi. * * Qur'oni karimni yerga qo'ymagay, balki, ko'kragi barobaridagi balandlikka qo'yib o'qigay. * * Qiroat boshida bir bor “Auzu billohi minash-shaytonir-rajim”ni o'qigay. Har bir sura boshida “auzu”ni o'qimagay. U yerlarda “Bismilloh”ning o'zi kifoyadir. * * “Auzu”ni o'qigandan keyin salomga alik olsa yoki azonga javob aytsa yoxud zikru tasbeh o'qisa “Auzu”ni qayta aytishi shart emas. Ammo o'rtada ovqatlansa yoki ko'proq ish qilib qo'ysa “Auzu”ni qayta o'qigay. * * “Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni ham o'qigay. * * Tilovat qilganda oyatlarning mazmunlarini o'ylab, tadabbur bilan o'qisin. Bordiyu arabchani tushunmasa, Allohning kalomini o'qiyotganini doimo yodida tutsin. * * Xayoli sochilib oyatlarni g'aflat bilan o'qigan bo'lsa, xayolini jamlagandan keyin o'sha joylarini qayta o'qisin. Ba'zi ulug'lar debdurlarki, tadabbur va tafakkur bilan bir oyat qiroat qilish o'ttiz pora Qur'onning boshdan oyoq tadabbursiz o'qib chiqqandan yaxshidir. Qo'lidan kelsa Qur'oni karimni arab lahni (savti) bilan tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qisin. Imkoni boricha o'zining milliy kuy va ohangiga solmay o'qisin. Buning uchun hozirda ma'lum va mashhur arab qorilarining qiroatlari yozilgan magnitofon yozuvlaridan eshitib mashq qilish tavsiya etiladi. Lahn yoki savt qilaman deb ashula aytgandek cho'zmaydigan joyini cho'zib, cho'zadigan joylarini qisqartirib o'qimasin. * * Oyatlarni kulib yoki jilmayib emas, balki, g'amgin, o'ychan holatda o'qisin. Imkoni bo'lsa yig'lamsirab o'qisin. Yig'ini keltirish uchun esa Allohning oyatlar orqali xabar berayotgan azob-uqubatlarini, qabr va do'zax azoblarini, qiyomat shiddatini va hisob-kitob og'irligi kabi ishlarni yodga keltirish, o'zini bunday sinovlarga tayyor emasligini eslashi kerak bo'ladi. Baqirish, kiyimini yirtish, yuziga urish, ortiqcha bezovtalanish joiz emas. * * * Qur'onni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda, harflarni o'z joyidan chiqarib, donador, aniq va ravon o'qisin. * * Keragidan ortiqcha baland ovoz bilan qiroat qilmasin. * * Rahmat oyatlarini o'qiganda rahmat so'rab, azob oyatlarini o'qiganda undan panoh so'rab iltijo qilishga harakat qilsin. Allohning nomlari kelgan joyda tasbeh aytsin. * * Ba'zi murakkabroq oyatni qayta-qayta o'qib, to ma'nolarini anglagunga qadar takrorlasin. * * Qiroat asnosida zarurat yuzasidan biror joyga turib, borib kelishga to'g'ri kelsa, Mushafni ochiq holda tark etmasin. * * * Esnash, yo'talish, aksirish zarurati tug'ilganda qiroatni to'xtatib turish lozim. * * Boshqalardan yaxshi o'qiyapman deb kibru havoga berilmasin. * * Bozorda yurganda, mazax qiluvchilar huzurida, johillar yig'ilgan joylarda jahriy qiroat qilmasin. * * Qur'on oyatlarida kelgan ismlar va ko'chirma gaplarni biror shaxsga hazillashib ishlatmasin. * * Qur'onni xatm qilganda yana boshidan ellik oyat o'qib qo'ysin. Bu shaytonni g'amgin qiladigan ishdir. Xatmdan so'ng duolar qilib, Allohdan hojatini so'rasin. Bunday paytda qilingan duo mustajobdir. * * Qur'onni og'zaki, betahorat, yurib, yonboshlab, hatto yotib o'qish joiz, lekin yuqorida aytilgan odoblarga rioya qilinganda savobi ko'proq, fazli ziyodaroq bo'lur. Hazrat Ali (karramallohu vajha) aytgan ekanlar: “Kimiki Qur'oni karimni namozdan tashqarida tik turib o'qisa, har bir harfiga yuztadan savob, o'tirib o'qisa har bir harfiga 50 savob, tahoratli o'qisa 25 savob, tahoratsiz o'qisa o'nta savob yozilur. Junub holatda qiroat qilish yoki Mushafni ushlash mutlaqo joiz emas”. * * Mushaf ustiga hech narsa, hatto har qanday boshqa kitobni qo'yish ham joiz emas. * * Qur'onni mashhur va mashru' etilgan yetti qiroatdan xohlagan birini tanlab o'qishi mumkin. Lekin, bir qiroatga ko'nikib qolgan musulmonlar davrasida o'qiganda, turli g'arib qiroatlardan saqlangay, toki tingloavchilar fitnaga tushmasinlar. * * * Qiroatni tunlari, tinch, sukunat paytida o'qishni odat qilgay. Buning foydalari bisyordir. * * Hayz yoki nifosdagi ayollar, janobatdan g'usl qilmaganlar og'zaki qiroat qilishlari ham joiz emas. Tahoratsiz odam Mushafni ushlamay o'qishi mumkin. Mazkurlarning hammasi g'ilofli Mushafni ushlashlari mumkin. G'ilof muqovaga yopishtirilmagan bo'lishi shart. Balog'at yoshiga yetmagan, bolalar o'qib, o'rganishlari uchun Qur'onni betahorat tutishlari mumkin. Aks holda hofizi Qur'onlar chiqishiga xalal yetadi. * * “Auzu billoh”ni faqat Qur'on qiroat qilganda o'qiladi. Undan boshqa kitob, duo yoki dars boshlash kabilarda uni o'qilmaydi, balki ularni “Bismilloh” bilan boshlaydi. * * “Tavba” surasini “Anfol” surasidan keyin befosila o'qiganda “Bismilloh”ni o'qimaydi. Ammo, “Tavba” surasining o'zidan boshlab o'qisa, “Auzu”dan keyin “Bismilloh”ni o'qiyveradi. * * Qur'onni boshidan oxirigacha yod olish hamma musulmonlarga farz emas, balki u farzi kifoyadir. Ammo, namozdagi qiroatga yarasha sura va oyatlarni yodlash har bir muslim va muslimaga farzi ayndir. * * Ozoda va pokiza hammomda past ovoz bilan qiroat qilish joiz. Tasbeh, tahlil va duolarni baland ovoz bilan o'qish ham mumkin. * * Hojatxona, g'uslxona, axlatxona kabi nopok joylarda Qur'on o'qilmaydi. * * Fiqhiy kitob mutolaa qilayotgan yoki yozayotgan, namoz o'qiyotgan odam yonida ularga eshittirib qiroat qilish ham makruhdir. * * Qabristonda Qur'oni karimdan qiroat qilish Abu Hanifa (r. a. ) nazdida makruh. Ammo, imom Muhammad ibn Hasankim, mujtahidlik maqomiga yetishgan shogirdlaridan biridir, uning nazdida makruh emas, balki qiroatdan qabriston ahli bahramand bo'lurlar. Fatvo ham shunisiga berilgan. * * Kofir va mushriklarga ham Qur'on yoki fiqhdan ta'lim berish mumkin. Zero, Payg'ambarimiz (s. a. v. ) Qur'oni karimdan mushriklarga o'qib berar edilar. Lekin ularga g'usl qilmagan hollarida Mushafni ushlash joiz emas. * * Qur'ondan ta'lim berish uchun haq olish joizdir. * * Yurib ketayotib qiroat qilmoqchi bo'lsa, ovozini baland ko'tarmagay. * * Ish qilib turib qiroat qilish yanglishib ketmaydigan bo'lsa joiz. * * Qiroat qilib o'tirganda uyga ota-onasi, ustozi yoki biror olim kishi kirib qolsa, ularning hurmati uchun o'rnidan tursa joiz. Boshqalar uchun joiz emas. * * * Qur'onni o'pib, yuziga surtish savobli ish. Usmon ibn Affon (r. a. ) har tong Mushafni o'pib, yuzlariga surtar ekanlar. * * * O'qiyotgan Qur'on kitobini safarda oldirib qo'yishdan qo'rqsa, boshining ostiga qo'yib yotishi mumkin. * * Qur'on turgan uyda jinsiy aloqa qilinishiga ruxsat berilgan. Zero, odatda musulmonlar uyi Qur'on kitobidan xoli bo'lmaydi. * * Yirtilib, o'qishga yaroqsiz bo'lib qolgan Qur'on varaqlarini lattaga o'rab, odamni dafn etgandek chuqur kavlab, lahadga ko'mish lozim. Ba'zi ulamolar yondirib yuborishga ham ruxsat bor, deydilar. Bunga Usmon (r. a. )ning Qur'onni ko'chirtirib bo'lgach, qolgan barcha oyat yozilgan sahifalarni yondirishga buyruq berganlarini dalil keltiradilar. * * Yerga to'shaladigan narsalarga oyat yozish joiz emas. Devor va mehroblarga oyatlardan bitishni ba'zi ulamolar joiz deb bilurlar. Qur'oni karimning oyatlari bir joyda emas, balki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan. * * Qur'oni karim 30 pora 114 sura, 6236 oyatdan iboratdir. * * Oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinida nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya'ni, makkiya oyatlar 4780, madaniya oyatlar 1456, jami bo'lib 6236 oyat. * * Eng qisqa oyatlar “Toho” va “Yosin”, eng uzun oyat Baqara surasining 282-oyatidir. * * Hijratgacha nozil qilingan suralarning hammasi makkiya, hijratdan keyin xoh Madinada, xoh boshqa joylarda nozil qilingan suralarni umumiy holda madaniya deb atalaveradi. * * Makka ahliga qarata xitob qilingan oyatlar makkiya, Madina ahliga xitob qilingan oyatlar madaniyadir. * * Qaysi surada “Kallo” so'zi bo'lsa, u makkiyadir. Bu lafz ko'proq Qur'oni karimning ikkinchi yarmida uchraydi. * * Baqara surasidan boshqa qaysi surada Odam (a. s.) bilan shayton qissasi kelgan bo'lsa u ham makkiya. * * Qaysi surada kufr va shirk ahli bilan jang, shariat hukmlari bayon etilgan bo'lsa u madaniyadir. * * Baqara va Oli Imron suralaridan boshqa qaysi sura “hurufi muqattaot” (yakka harflar) bilan boshlangan bo'lsa, ular makkiyadir. * * Tarixiy voqealar bayon qilingan suralar makkiyadir. * * Qur'oni karim yetti xil arab shevasiga muvofiq keladigan “rasmi xat” uslubida nozil qilingan. Bu uslubga asosan o'qilgan yetti qiroat qorilari va o'n to'rtta roviy orqali naql qilingan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling