Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- YETTI QIROAT QORILARI
QORILAR HAQIDAQorilar, ya'ni hofizi Qur'onlarning fazlu fazoillari, ularga beriladigan mukofot va martabalar to'g'risida kelgan sahih hadislardan namunalar: “Sizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdir” (Imom Buxoriy rivoyati). “Qur'onni mahorat bilan o'quvchi qorilar ulug' farishtalar bilan birgadirlar. Uni tili qiynalib o'qiydigan qorilarga ikki hissa ajr berilur” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari). “Qur'on o'qingizlar, zero, Qur'on o'zining qorilarini qiyomat kuni shafoat qilur” (Imom Muslim rivoyati). “Kimki Allohning kalomidan bir harf o'qisa, unga bir savob. Savob esa o'n barobar ko'paytirilib yozilur. “Alif, Lom, Mim”ni bir harf demayman, balki, Alif – harf, Lom – harf, Mim – harfdir” (Imom Termiziy rivoyati). “Har kim Qur'onni o'qib, unga amal qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ota-onasi boshiga bu dunyo quyoshidan ham chiroyli nur beruvchi tojni kiydirur” (Abu Dovud rivoyati). “Qur'on o'qinglar. Zero, Qur'on joylashgan qalbni Alloh azoblamas. Ushbu Qur'on Allohning ziyofatidir. Har kim uning mehmoni bo'lsa, u omonda bo'lur. Kimki Qur'onni sevsa, unga xushxabar bordir” (Imom Dorimiy rivoyati). “Sochi islomda oqargan mo'ysafed, Qur'onni yod olib, unda g'uluv (chuqur ketib, chalg'ish)ga mubtalo bo'lmagan qori, odil podshohlarni izzat-ikrom qilish – Allohni ulug'lashning turlaridandir” (Abu Dovud rivoyati). YETTI QIROAT QORILARIAbdulloh ibn Kasir al-Makkiy al-Qurashiy. U tobeinlardan. Qiroatni Abdulloh ibn Zubayr va boshqalardan tinglagan. 120 h. da Makkada vafot etgan. U Anas ibn Molik va Abu Ayyub Ansoriylar bilan ham muloqotda bo'lgan. Nofe' ibn Abdurrahmon ibn Abi Naim al-Isbahoniy al-Madaniy. 169 h. da Madinada vafot etgan. Ubay ibn Ka'b, Abdulloh ibn Abbos, Abu Hurayra kabi sahobalarning shogirdlaridan qiroat ta'lim olgan. Abdulloh ibn Omir al-Qoziy ad-Dimashqiy. Yirik tobeinlardan. 118 h. da 110 yoshida Damashqda vafot etgan. Usmon ibn Affonning shogirdi Mug'ira ibn Abi Shihob al-Maxzumiydan qiroat o'rgangan. Abu Amr ibn Alo al-Basriy. Ko'fada 154h. da vafot etgan. Mujohid ibn Jubayr, Abdulloh ibn Abbos orqali Ubay ibn Ka'b qiroatini naql etgan. Osim ibn Abinnujud al-Ko'fiy. Ko'fada 128h. da vafot etgan. Zurr ibn Hubaysh orqali Abdulloh ibn Mas'uddan qiroat naql etgan. Hamza ibn Habib ibn Imora at-Taymiy al-Ko'fiy. 156 h. da Hulvonda vafot etgan. Sulaymon ibn Mehronda qiroat o'qigan. Al-Kisoiy (Ali ibn Hamza al-Asadiy). 189 h. da vafot etgan. U Hamzada qiroat o'qib, abbosiy xalifa Ma'mun davrida yetti qori safiga qo'shilgan. Ungacha Ya'qub Xazramiy yettinchi edi. Mazkur qorilarning faqat 3- va 4-lari arab millatidan, qolganlari ajamlardan. Hozirda butun Islom olami bo'yicha ikki xil qiroat mashhur. Birinchisi Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim qiroati. Ikkinchisi Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofe' qiroati. Bizning diyorimizda birinchi qiroat, ya'ni Imom Osim qiroati bo'yicha Qur'on o'qiladi. Qur'oni karimni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qish shart. Aks holda namoz ham joiz bo'lmaydi. Namoz qiroatiga yarasha tajvidi bilan qiroat o'rganish har bir musulmon zimmasidagi farzi ayndir. Lekin, har qancha harakat qilsa ham tili tajvidli qiroatga moslasha olmaydigan odam zarurat yuzasidan tili kelganicha qiroat bilan namozini o'qiyversa Allohning afvidan umid qilinadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling