Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet180/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
Документ

QUR'ONI KARIM NOMLARI



  1. Qur'on. Mazmuni “O'qish kitobi” demakdir. Lekin, u hamma o'qish kitoblariga emas, balki, faqat Muhammad (s. a. v. )ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo'llaniladi.

  2. Furqon. Haq bilan nohaqlikni ajrim qilib beruvchi. Bu nom bilan gohida Tavrot va Injil kitoblari ham nomlanadi. (Anbiyo surasi, 48-oyatiga qaralsin. )

  3. Burhon. Mazmuni hujjat demakdir. Zero, Qur'onda barcha ilohiy ko'rsatmalarga qaratilgan hujjat va dalillar mavjuddir.

  4. Zikr. Mazmuni yod etish, zikr etish, eslash. Bu yerda yodnoma, eslatma deb bilish o'rinlidir.

  5. Kitob. Mazmuni ma'lum.

  6. Haqq. Ya'ni, haqiqat. Haq gap, haq ish, haq e'tiqod va hokazo ma'nolar unda mujassamdir.

  7. Nur. Ya'ni, ёg'du. Qur'on bandalarga hidoyat yo'lini yoritib beruvchi ilohiy nur. Bu yerda, albatta, ma'naviy nur ko'zda tutiladi.

  8. Vahiy. Allohning payg'ambarlarga bevosita va bilvosita o'z ko'rsatmalarini yuborishi vahiydir.

  9. Tanzil. Ya'ni, nozil qilingan narsa.

  10. Hudo. Hidoyat.

  11. Mushaf. Sahifalangan, muqovali kitob.

  12. Kalomulloh. Allohning kalomi.

QUR'ONI KARIM SIFATLARI


Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:

  1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.

  2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.

  3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.

  4. Muborak. Barakotli, tabarruk.

  5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.

  6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.

  7. Hakim. Hikmatli.

  8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.

  9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.

  10. Majid. Ulug'.

  11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.

  12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.

  13. Mav'iza. Nasihat.

  14. Bushro. Xushxabar.

  15. Bashir. Bashorat beruvchi.

  16. Nazir. Ogohlantiruvchi.

Qur'oni karimning barcha nusxalari Hazrat Usmon ibn Affon davrida nuqtalarsiz, e'robu harakatlarsiz (zerzabarsiz), qadim ko'fiy yozuvida bo'lgan.
To'rtinchi xalifa Hazrat Ali ibn Abi Tolib davrida esa, qiroatda yanglishish hollari ro'y bera boshlagach, AbulAsvad Dualiy degan olim kishiga xalifa oyatlarga nuqta va harakatlar qo'yib chiqishni buyuradi. Ba'zi olimlar Dualiyga Ali emas, balki Ziyod yoki Abdulmalik ibn Marvon buyurgan, deydilar.
Shunday qilib, avvalo, soddaroq belgilar bilan boshlangan belgilar, vaqt o'tgan sari takomillashib, hozirgi holatiga yetib kelgan. Lekin, rasmi xat o'sha qadimligicha saqlanib kelmoqda. Masalan, rahmat, jannat, Rahmon, imon, islom kabi so'zlar alifsiz, uzun te harfi bilan yoziladi.
Lekin, bu qoidaga Qur'onning o'zida yoki rasmi xat saqlanishi shart bo'lgan bitiklarda rioya qilinishi talab qilinadi. Ammo oynoma, ro'znoma yoki maktubga o'xshagan joylarda Qur'on oyatlaridan qisqa iqtibos keltirilganda, unga rioya qilish shart emas, balki, hozirgi arab adabiy yozuvi imlosida qanday qabul etilgan


bo'lsa, shunday yozilishiga ruxsat etiladi. Masalan, islom, imon, jannat kabi so'zlarni alif bilan, salot, zakot kabi so'zlardagi vov harfini alifga aylantirish va hokazo. Shuningdek, hozirga kelib, oyatlar boshi va oxirida, ba'zi uzun oyatlarning o'rtalarida keladigan vaqf va ibtido alomatlarining ham turlari ko'payib ketgan. Tajvidga doir kitoblarda: “Qur'onning biror oyatidan keyin vaqf qilish vojibligi buyurilmagan” – deyilsa-da, har bir oyat fosilasida vaqf qilinganda ko'p joylarda saj' hosil bo'lib, quloqqa ёqimli tuyulishini ham unutmasligimiz kerak. Qur'oni karimda beuzr vaqf qilish joiz bo'lmagan oyatlar ham mavjud.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling