Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet176/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod etaman pishqirib chopadigan,


  1. (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan,


  1. tong paytida (yov sari) bostirib boradigan,


  1. bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan,


  1. shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki,


  1. haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir!


  1. Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.


  1. Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.


  1. Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida


  1. va dillardagi sirlar oshkor qilinganida -


  1. ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku!

QORIA SURASI
Qoria - zarba beruvchi, ya'ni, qiyomat shiddati. Demak, sura qiyomat kuni nomlarining biri bilan ataladi.
Unda mahshargohdagi odamlarning parvonalardek to'zib yurishlari, tog’u toshlar shunchalik og’ir jismlar bo'lishiga qaramay Allohning amri bilan to'zigan yung kabi to'zonga aylanishi kabi qiyomat hodisasi tasvirlanadi. Ana o'sha kuni kimning amal tarozisi og’ir kelsa - baxtli, yengil kelsa - baxtsiz bo'lishi va otashi do'zaxga mahkum etilishi ta'kidlanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (U) zarba beruvchi (qiyomat)dir.


  1. Zarba beruvchi nedur?!


  1. (Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?!


  1. U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar.


  1. Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur.


  1. Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa,


  1. ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur.


  1. Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa,


  1. uning joyi "jarlik"dir.


  1. Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!


  1. (U) (do'zaxdagi) lovullab yonuvchi olovdir.

TAKOSUR SURASI
Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.
Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.


  1. Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.


  1. Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.


  1. Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar!


  1. Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).


  1. Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar!


  1. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar!


  1. So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq qilinursizlar!

ASR SURASI
Asr bilan Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-imon, solih amal, haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling