Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet175/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.


  1. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!


  1. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

Izoh: Bu ulug’ kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar ko'pdir.

  1. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.


  1. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.

BAYYINA SURASI
Bayyina - hujjat.
Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan ajramaganlari, keyin esa ba'zilari kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani, ibodatda ixlos zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ahli kitoblar va mushriklardan iborat kofir kimsalar, to ularga Hujjat kelgunicha, (kufrdan) ajraluvchi bo'lmadilar.


  1. (U Hujjat) Alloh (tomoni)dan (yuborilgan) payg’ambar (Muhammad, ularga) pokiza sahifalarni (Qur'onni) tilovat qilur.


  1. U (sahifa)larda qimmatli yozuvlar (ahkomlar) mavjuddir.


  1. Ahli kitoblar faqat ularga Hujjat (payg’ambar) kelganidan keyingina bo'linib ketdilar.

5.Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g’ri yo'ldan oqmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu To'g’ri (haqqoniy) dindir.

  1. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofir kimsalar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu qolurlar. Ana o'shalar xaloyiqning eng yomonidirlar.


  1. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng yaxshisidirlar.


  1. Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo'lur, ular (Allohdan) rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir.

ZALZALA SURASI
Zalzala-zilzila, yer qimirlashi. Bu surada qiyomatning qoyim bo'lishida Yerning junbushga kelib qimirlashi va tilga kirib gapirishi va nomai a'mol bitiklari tasvirlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qachonki, Yer o'zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan qimirlaganida,


  1. Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida


  1. va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida


  1. ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar.

Izoh: Yerning xabarlari uning ustida yurgan bandalarning qilmishlaridir. Ular haqida yerning Alloh oldida guvohlik berishi o'ta dahshatli hodisadir Suraning davomida har bir banda dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon ishlari bitilgan nomai a'moli qo'liga berilgach, uni o'qib ko'rishi ta'kidlanadi. Bu oyatlardagi ilohiy hikmatlarni tafakkur bilan poyoniga yetish juda qiyin. Ba'zi ulug’ olimlarning yozishiga qaraganda, har bir inson oxiratda o'z nomasini o'qib ko'radi. Lekin boshqa odam buni o'qimaydi, bilmaydi ham. Aks holda ba'zi ishlaridan xijolat bo'lishga to'g’ri keladi. Alloh taolo o'sha joyda ham bandalarining noshoyista qilmishlarini hammaga fosh qilmay, o'zining rahmat va mag’firatini namoyon qilishidan bu yerda bashorat berilmoqda (Anisul-jalis).

  1. (So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.


  1. O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.


  1. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.


  1. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.

ODIYOT SURASI
Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling