Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet4/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Isroil avlodi kimlar? Isroil Ya'qub alayhissalomning laqabi. Arab tilida Banu Isroil deyiladi. Yahudiylarga nisbatan shu iborani ishlatish odat bo'lgan

  1. O'zlaringizdagi narsa (Tavrot va Injil)ni tasdiq etuvchi holda nozil qilgan narsam (Qur'on)ga imon keltiringiz. Uni birinchi bo'lib inkor etuvchi bo'lmangiz. Oyatlarimni ozgina bahoga sotmangiz va Mendangina qo'rqingiz


  1. Haqni nohaqlik bilan qorishtirmangiz hamda bila turib, haqiqatni yashirmangiz.

Izoh: Haqiqatni yashirganlari - qo'llaridagi Tavrotda yozilgan Muhammad alayhissalomning sifatlari yozilgan oyatlarni yo'q qilib yuborganliklaridir. Yahudiylar oxirgi payg'mbar o'zlaridan chiqmasdan arablardan chiqqanligiga hasad qilib, shunday yomon ishlarga qo'l urganlar.

  1. Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku' qiluvchilar bilan birga ruku' qilingiz.


  1. Kitob (Tavrot va Injil)ni o'qib turib, odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o'zlaringizni unutasizlarmi?! Aqlni ishlatmaysizlarmi?!


  1. (Allohdan) sabr va namoz ila yordam so'rangizlar. Darhaqiqat, u (namoz) og'irdir. Illo, itoatlilarga (og'ir) emas.


  1. Ular (itoatlilar) Rabbilariga (oxiratda) yuzma-yuz bo'lishlarini va Unga qaytajaklarini (haq deb) bilurlar.


  1. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni va sizlarni olamlar uzra afzal qilganimni eslangiz.

Izoh: O'z zamonlaridagi boshqa kishilardan ustun qilgani haqida eslatmoqda. Ya'ni, ularga ilm, imon, amali solih kabi sifatlar ato etgani va ular ichidan payg'mbarlar va odil podshohlarni chiqargani, ular shunday yaxshi holatdan yomon holatga o'zgarib ketganlarini tanqid qilmoqda.

  1. Biror jon biror narsada boshqa jonning o'rniga o'tmaydigan, undan shafoat ham qabul qilinmaydigan va (gunohlari uchun) badal ham olinmaydigan hamda ularga yordam berilmaydigan kundan (qiyomat kunidan) qo'rqingiz!


  1. Sizlarni (Muso qavmini) og'ir azoblar bilan qiynagan, o'g'illaringizni qatl etib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn navkarlaridan qutqarganimizni ham eslangiz. Bunda Rabbingizdan sizlarga ulkan sinov bordir.


  1. Sizlar sababli dengizni (o'n ikkiga) bo'lib, sizlarni qutqarganimiz, ko'z o'ngingizda Fir'avn lashkarini g'arq qilganimizni ham eslangiz.

Izoh: Dengizdan o'n ikkita yo'l ochib, Muso lashkarini o'tkazib yuborganidan keyin, ularni quvib kelayotgan Fir'avn lashkari dengiz o'rtasigacha kirib kelishgach, Alloh taolo suvni yurgizib yuborgani va Fir'avn o'z lashkari bilan g'arq bo'lib, halok bo'lganini bayon etmoqda. Nima uchun aynan o'n ikkita yo'l ochildi, degan tabiiy savol tug'iladi. Javobiga tafsirlarda Isroilga mansub o'n ikki "sibt" - avlod bo'lgan. Shu adadning e'tibori bilan o'n ikki raqami qayd etilgan, deyiladi. Muso alayhissalom o'z qavmi suv so'raganda ham toshni urib, o'n ikki chashma chiqarganlari shu munosabat bilandir.

  1. Muso bilan qirq kecha va'dalashganimiz, undan (huzurimizga ketganidan) keyin, sizlar (o'zlaringizga) zulm qilgan holingizda buzoqqa sig'inganingizni eslangiz.


  1. So'ngra, o'shandan keyin ham shukr qilarsiz, deb, sizlarni afv etdik.


  1. To'g'ri yo'lga tusharsizlar, deb, Musoga Kitob (Tavrot)ni va (haq bilan nohaqni ajratuvchi) Furqonni berganimizni eslangiz.


  1. Musoning o'z qavmiga: "Ey, qavmim, sizlar buzoqqa sig'inish bilan o'zingizga zulm qildingiz. Endi o'zingizni (bir-biringizni) o'ldirish bilan Yaratuvchingizga tavba qilingiz. Yaratuvchingiz nazdida shu (qatl) sizlar uchun yaxshiroqdir", - degan so'zini eslang. Shunday qilib, Alloh tavbangizni qabul etdi. Albatta, U kechirimli va rahmlidir.

  2. "Ey, Muso, Allohni oshkora ko'rmagunimizcha, senga hech ham ishonmaymiz" - deyishingiz bilan ko'z o'ngingizda sizlarni chaqmoq urganini ham eslangiz.


  1. So'ngra shukr qilursizlar, deb, o'lganingizdan keyin yana sizlarni tiriltirdik.


  1. Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne'matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, "Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar" (dedik). Ular (Isroil avlodi) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlarigagina zulm qildilar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling