O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya vositalari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda tarbiya vositalari. Pedagogik tajribada
o’quvchilarni aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalash qat’iy qabul qilingan. Bugungi kunda bu tarbiya jarayoniga ekologik tarbiya, san’at tarbiyasi va diniy tarbiya kabilar ham qo’shilmoqda. Tarbiya ko’lamining keng bo’lishidan qat’iy nazar asosiy masala tarbiya vositalarining maqbulligi va ularni to’g’ri qo’llashdadir. 128 Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim jarayonida tarbiya vositalarining ko’pligi e’tiborni tortadi. Tarbiya vositalarining ko’pligi bizning yondaShuvimizga ko’ra, tarbiyaviy maqsaddan chalg’itadi va tarbiyaning samarasini susaytiradi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida eng maqbul va samarali tarbiya vositalarini tanlash kerak. Bu o’rinda bunday tarbiya vositalarining eng maqbullarini eslatib o’tamiz: a) o’quv fanlarini o’qitish vositasida tarbiyalash; b) ―Tarbiya‖fani vositasida o’quvchilarni maqsadli va muddaoli tarbiyalash; v) ma’naviy tadbirlar vositasi tarbiyalash; g) san’at va adabiyot vositasida tarbiyalash; d) o’tmish va mutafakkirlarni ibratli qilib ko’rsatish vositasida tarbiyalash. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda bu tarbiyaviy vositalarning o’rni va ahamiyati kattadir. Yuqorida eslatib o’tilganidek, yangi O’zbekiston sharoitida tarbiya jarayonini ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi‖ga asosan amalga oshirish belgilangan. Shu ma’noda mazkur Kontseptsiyaga asosan boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida quyidagi fazilatlarga asoslanish vazifasi qo’yilgan: a) o’quvchilarda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish; b) o’quvchilarda halol tadbirkorlik ruhini tarkib toptirish; v) o’quvchilarda irodalik fazilatini rivojlantirish; g) o’quvchilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish; d) o’quvchilarda mehr-oqibatlik ko’nikmasini tarkib toptirish; 129 e) o’quvchilarda mas’uliyatlikni shakllantirish; yo) o’quvchilarda tolerantlik ko’nikmasini tarkib toptirish; j) o’quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirish; z) o’quvchilarni innovatsion fikrlashga o’rgatish; i) o’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish. E’tibor berilsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida 10 sifat, fazilat va ko’nikmalarni shakllantirish nazarda tutilgan. Bularning barchasi tarbiya jarayonida real sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib tarbiya vositalarini qo’llashni taqozo etiladi. Keyingi yillarda O’zbekistonda boshlang’ich sinf o’quvchilarini maqsadli tarbiyalashda madaniy sayohat vositasining ijobiy ta’siri yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Unga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari eng qadimiy obidalarimiz, shaharlarimiz va urf-odatlarimiz bilan ekskursiya tarzida tanishtirilmoqda. Bunday tarbiya vositasi natijasida o’quvchilarda vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy g’urur, sadoqat kabi ko’nikmalarining kutilgan darajada shakllanishi ko’zga tashlanmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonida qo’llaniladigan tarbiya vositalari qulay, oson va keng imkoniyatlarga egalik xususiyatlariga boy bo’lishi lozim. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling