O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
Bog'liq
darslik

Tarbiya jarayoni metodlari. Tarbiya jarayonida pedagogik 
tajribadan o’tgan o’ziga xos metodlar qo’llaniladi. Mazkur metodlarning 
eng asosiylari quyidagilardir: 
1) 
ishontirish; 
2) 
maslahat; 
3) 
da’vat qilish; 
4) 
munosabat bildirish. 
Tarbiya jarayonining ishontirish metodi shaxsni o’zligi, o’zgalarga 
va atrof-muhitga ishonch bilan qarashni ifrdalaydi. Unga ko’ra, shaxs 
haqiqiy fazilatlar va xatti-harakatlar ko’nikmasi bilan qurollantiriladi. 
Shu jihatdan tarbiya oluvchi shaxs o’zligi, atrofidagi o’zgalarga va 
albatta, baxtli bo’lishga ishonch ruhi bilan voyaga yetishi kerak. Bunda 
tarbiya beruvchi shaxs ishontirish vazifasini bajaradi.
Maslahat metodi tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsga 
pedagogik, psixologik va sotsiologik yordam berishga asoslanadi. 
CHunki tarbiya jarayonida shaxs turli murakkab vaziyatlar, holatlar va 
munosabatlarga duch keladi. Shunda unga tarbiya beruvchi shaxs 


122 
tomonidan muammoning yechimi va uning eng oqilona yo’li 
ko’rsatiladi.
Tarbiya jarayonining da’vat qilish metodi tarbiya oluvchini ideal 
g’oyalar, fazilatlar va munosabatlarga undashni ifodalaydi. Hozirgi 
zamon tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchini ezgulik, insoniylik va 
axloqiylik kabi ideal maqsad-muddaolarga izchil da’vat qilib borish 
dolzarb bo’lib turibdi.
Munosabat 
bildirish 
metodi 
tarbiya 
jarayonida 
shaxs 
o’zlashtirayotgan qarashlar, fazilatlar va xatti-harakatlarni kuzatib 
borishni anglatadi. Bu metodga ko’ra tarbiyalanuvchi shaxs muayyan 
yoshda o’zining tarbiya ko’rganlik darajasini namoyon qilish kerak. 
Agar uning tarbiyalanganlik darajasi talabga javob bersa tarbiya jarayoni 
davom ettiriladi, mabodo qo’yilgan talablarga javob bermasa uni 
tarbiyalash tayanchlari korrektsiyalanadi.
Rossiyalik olim Yu.Babanskiyning tarbiya metodlarini quyidagicha 
turkumlashtirib berganligi ko’pchilik tomonidan qabul qilingan:
12
(13-
chizma): 
12
Умарова М.Теория и история педагогики. –Т.:‖Чўлпон‖.2018.-с 202 


123 
Mustaqil ta’lim uchun savollar: 
1. Tarbiya jarayonining mazmuni deganda nimani tuShunasiz? 
2. Tarbiya jarayoni tamoyillari nimalardan iborat? 
3. Tarbiya jarayoni metodlarining asosiylarini nimalar tashkil qiladi.
4. ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi‖da o’z ifodasini topgan 
tarbiya jarayoni tamoyillarini bilasizmi?
 
SHaxsni 
shakllantiruvchi 
metodlar 
Faoliyatni tashkil etish 
metodlari
Xatti-harakatni va xulq- 
atvorni tartibga soluvchi 
metodlar 
Ishontirish 
Pedagogik talablar 
Rag`batlantirish 
Suhbat 
Mashqlar 
Jazolash 
Ma’ruza 
Tarbiyalovchi 
vaziyatlar 
Musobaqalashish 
Namuna 
Tarbiya metodlari 


124 
Topshiriq:pedagogik amaliyot 
Topshiriq: 
mashhur 
shvetsiya 
pedagogi 
Iogann 
Genrix 
Pestalotstsining 
(1746-1827) 
quyidagi 
pedagogik 
qarashlarini 
o’zlashtiring.
Pestalotstsi birinchi bo’lib hamma uchun boshlang’ich ta’limning 
shart ekanligini ilmiy asoslab bergan. Aynan u boshlang’ich sinflarda 
o’quvchilarning nutqi, hisoblash sabog’i va o’lchash ko’nikmalarini 
shakllantirish kerakligini pedagogik jihatdan asoslab bergan. 
Pestalotstsining yondaShuviga ko’ra, o’quvchilarning o’qishga 
qiziqishi, oila a’zolarining osudaligi va o’qituvchilarning bolalarni 
sevishiga bog’liq. U pedagoglarni o’qitish va tarbiya jarayonida 
psixologik jihatlarga qat’iy e’tibor berishga chaqirgan.


125 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling