O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Bog'liq
darslik

Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari. Boshlang’ich ta’limda 
amalga oshiladigan tarbiya turlarining ko’pligi sizga ma’lum. Ayni 
paytda, yangi O’zbekiston sharoitida boshlang’ich ta’limda quyidagi 
tarbiya turlarini amalga oshirish dolzarb hisoblanadi: 
1. Fuqarolik tarbiyasi. Bu tarbiyaga ko’ra, 7-11 yoshli o’quvchilar o’z 
oilasiga, Vataniga, milliy qadriyatlariga, xalqiga va umuminsoniyatga 
sadoqat ruhida tarbiyalanishi kerak. Fuqarolik tarbiyasida O’zbekiston 


130 
sharoitida shaxsning konstitutsion va xususiy huquqlariga uyg’un 
munosabatda bo’linadi. Bo’lajak fuqaro sifatida boshlang’ich sinf 
o’quvchilari fuqarolik huquqlari, vaziifalari va majburiyatlari to’g’risida 
tushunchasiga ega bo’lishi kerak.  
2. Iqtisodiy tarbiya. Mazkur tarbiyaga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslar ongida 
halol mehnatsevarlik tuyg’usi shakllantirilishi va aynan mana Shu 
ko’nikma asosida oila, jamiyat, davlat hamda mamlakatni boy va 
farovon qilish mumkinligi shakllantirilishi lozim. Buning uchun 
boshlang’ich sinf o’quvchilarida tejamkorlik, o’z mehnati evasiga biror 
narsaga erishish, sabr-toqat kabi sifatlarning shakllantirilishi va ularda 
isrofgarchilik, dangasalik, tayyorga ayyorlik singari illatlarning mavjud 
bo’lmasligiga e’tibor berish lozim bo’ladi. Bunda mamlakatimizda yangi 
hisoblanmish ―Tarbiya‖ fani imkoniyatlaridan oqilona foydalanish 
kutilgan samarani beradi.  
3. Ekologik tarbiya. Bu tarbiya turiga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslarda 
tabiatsevarlik fazilatini shakllantirish va ularda tabiat hodisalariga mehr-
oqibatlik bilan munosabatda bo’lish tarkib toptirilishi lozim. Buning 
uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonot va o’simlik dunyosi bilan 
keng tanishtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.  
4. Huquqiy tarbiya. Mazkur tarbiya turiga ko’ra, 7-11 yoshli shaxslarda 
o’z huquqlari, burchlari va majburiyatlari to’g’risida tushuncha beriladi. 
Kuzatishlar Shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinf o’quvchilari ―Men‖lik 
tuyg’usiga tayanib o’z huquqlarini juda erta anglashadi, biroq mazkur 
huquqning uzviy qismi bo’lgan burch va majburiyatni anglashi qiyin 
kechadi. Shu sababli boshlang’ich ta’limda huquqiy tarbiyaning asosiy 


131 
vazifasi o’quvchilarga shaxsning huquq, burch va majburiyatlarini 
uyg’un o’rgatishdan iborat.  
Shunday qilib boshlang’ich ta’limda tarbiya muhim amaliy jarayon 
hisoblanadi. Diqqat qiling (14-chizma): 
 
 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling