O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya asoslari. Boshlang’ich
ta’limdagi milliy tarbiya jarayoni umumiy milliy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyani tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: 136 - boshlang’ich sinf o’quvchilariga (7-11 yoshli shaxslarga) dastlabki bosqichda milliy tarbiya berish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy ruhi, milliy ongi va milliy axloqini milliy g’oyaning Insonparvarlik, Ezgulik hamda Bunyodkorlik g’oyalari asosida shakllantirish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini dastlabki bosqichda milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini keyingi bosqichda amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoniga tayyorlash. Mazkur xususiyatlar boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning asoslari negizini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ―Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning poydevoridir‖ kitobida milliy g’oyaga asoslangan milliy tarbiyaning quyidagi asoslarini ta’kidlab ko’rsatadi: 1) fikr tarbiyasi; 2) milliy qadriyatlar tarbiyasi; 3) umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi. Bu metodologiya boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyani amalga oshirish asoslarini tashkil etadi. Unga ko’ra, milliy tarbiya quyidagi asoslarda amalga oshiriladi: - boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, bunda milliy g’oyamizning Ezgulik g’oyasi va uning exgu niyat, ezgu fikr hamda ezgu amal tamoyillariga asoslaniladi; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida voyaga yetkazish, unda milliy g’oyamizning Insonparvarlik g’oyasi va uning 137 insonni qadrlash, insonni tuShunish hamda insonga yordam berish tamoyillariga tayaniladi; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida rivojlantirish, bunda milliy g’oyamizning Bunyodkorlik g’oyasi va uning mehnatsevarlik, tashabbuskorlik hamda bag’rikenglik tamoyillariga suyaniladi. E’tibor berilsa, boshlang’ich ta’limda milliy tarbiyaning o’ziga xos asoslari mavjud. Milliy g’oyaga asoslangan boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini amalga oshirish bir necha muhitlarga tayanadi. Bunday muhitning asosiylari quyidagilardan iborat: 1) mikro muhit (ta’lim maskani va oila); 2) mezo muhit (turli to’garaklar va mahalla); 3) makro muhit (o’quvchilarning yirik guruhlari va jamoatchilik joylari). Bu muhitlarning boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy tarbiyalashda muhim o’rni bor. Jumladan, mikro muhitda milliy tarbiya jarayoni nazariy – amaliy jihatdan amalga oshiriladi; mezo muhitda mazkur toifa o’quvchilarini milliy tarbiyalash ijtimoiy va yo’naltirish jihatidan amalga oshiriladi; makro muhitda ushbu toifa o’quvchilarini milliy tarbiyalash odatlantirish va ko’niktirish jihatdan amalga oshiriladi. Shu sabali boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy tarbiyalashda mazkur muhitlarning o’rni beqiyosdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy g’oya asosida milliy tarbiyalashda vositalar muhim o’rin tutadi. Bunday vositalarning asosiylari quyidagilardan iborat: - tarbiyaning ahamiyatini tuShuntirish; 138 - ezgu axloq qoidalari va fazilatlariga ko’niktirish; - ijtimoiy faollik va amaliy natijadorlikga yo’naltirish. Mazkur vositalardan oqilona foyddalanish taqoza etiladi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling