O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish zaruriyati.
142 16-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish Reja: 1. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish zaruriyati 2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish 3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini demokratlashtirish *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, boshlang’ich, tarbiya, jarayon, kuchaytirish, zaruriyat, insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, bilim, ko’nikma, malaka. *** Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish zaruriyati. Yangi O’zbekiston sharoitida boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini turli yondaShuvlar, g’oyalar va kontseptsiyalar asosida kuchaytirish vazifasi qo’yilgan. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli ―O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmonida quyidagi yangi vazifalar belgilangan: - boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini modernizatsiya qilib borish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuksak fazilatlar egalari qilib voyaga yetkazish; - boshlang’ich sinf o’quvchilari tug’ma qobiliyatlarini rivojlantirish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarida namunali shaxsiy sifatlarni shakllantirish. 143 Bu vazifalar ijrosi jarayonida boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirishga erishiladi. Buning tarbiya jarayonini bir necha darajalarga bo’lib tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Pedagogik tajribalarda quyidagi tarbiya darajalari amaliy sinovdan o’tgan: 1. Ijtimoiy daraja. Unga ko’ra, boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni jamiyatimizning ijtimoiy talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Buning natijasida tarbiya jarayonini kutilgan darajada kuchaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi. 2. Institutsional daraja. Mazkur tarbiya darajasiga ko’ra, tarbiya jarayoni oila, mahalla va ta’lim tizimi vositasida tashkiliy amalga oshirilishi kerak. Bu vositalardan tashqari, bizning jamiyatimizda kattalar ibrati, ajdodlar namunasi va madaniyat taraqqiyoti kabi notuzilmaviy tizimlar ham mavjud. Shu sababli boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonini kuchaytirishda bunday tizimlarga asoslanish muhim hisoblanadi. 3. Ijtimoiy-psixologik daraja. Tarbiya jarayonining bu darajasiga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik vakillari va maktab jamoasi yordami asosida tashkil etilishi kerak. Buning natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonini ijtimoiy-psixologik jihatdan kuchaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi. 4. SHaxslararo daraja. Tarbiya jarayonini tashkil etishning bu darajasiga ko’ra, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida kuchli hamkorlik hamda bog’lanish bo’lishi kerak, bunda o’qituvchi va o’quvchining individual- psixologik xususiyatlariga daxl qilinmaydi. Mazkur shaxslararo daraja boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonini rejali kuchaytirish imkonini beradi. 144 Zero, boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini kuchaytirish uchun ana Shunday yondaShuvlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling