O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayon sifatida
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni.
14-mavzu: Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayon sifatida
Reja: 1. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni 2. Boshlang’ich ta’limda tarbiya vositalari 3. Boshlang’ich ta’limda tarbiya turlari *** Tayanch tushunchalar: ta’lim, tarbiya, boshlang’ich, jarayon, mazmun, vosita, tur, bilim, ko’nikma, yondaShuv, malaka, tajriba, nazariya, amaliyot. *** Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy bo’ladi. Bunda jarayon deganda mudom amalga oshiriladigan pedagogik tadbirlar nazarda tutiladi. Shu ma’noda boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni eng muhim va ko’p omilli hodisa hisoblanadi. CHunki 7-11 yoshli o’quvchilar shaxsini har tomonlama tarbiyalash Pedagogikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu o’rinda ta’kidlash lozimki, boshlang’ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayoniga quyidagilar birlamchi ta’sir ko’rsatadi: a) atrof-muhit ta’siri; b) hayotiy ehtiyojlar ta’siri; v) jamiyatning muhim qadriyatlari ta’siri; g) oila ta’siri; d) jamoatchilik ta’siri; e) bolalar guruhlarining ta’siri; yo) san’at ta’siri; j) ommaviy axborot vositalarining ta’siri. 126 Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi jarayoniga bunday keng ko’lamli ta’sirlar ijobiy va salbiy xarakterga ega bo’ladi. Shu sababli boshlang’ich sinf o’qituvchilari va murabbiylari mazkur omillarning ijobiy ta’sirini nazorat qilib borishi va ularning salbiy ta’sirini yumshatishi taqozo etiladi. Misol uchun, boshlang’ich sinf o’quvchilariga atrof-muhit ta’siri aslida ijobiy xususiyatga ega bo’ladi, biroq o’quvchilarning atrof-muhitni noto’g’ri qabul qilishi natijasida uning ta’siri salbiylik tus oladi. Xuddi Shuningdek, yuqorida ta’kidlangan ta’sir omillari nazorat qilib borilishi kerak. Masalan, O’zbekiston sharoitida tarbiya jarayoniga oilaning ta’siri ustuvor darajada ko’zga tashlanadi. Keyingi rivojlanish jarayonida va xususiy mulkchilikning tarkib topish natijasida oilaning boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasiga bo’lgan ta’sirida salbiy xususiyatlar bo’rtib bormoqda. Bolaning mulkga qiziqishi, ota-onasining boyligi bilan g’ururlanishi, o’zini o’rtoqlari orasida kiborli tutishi Shular jumlasidandir. Shu sababli biz boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi jarayonida oilaning ta’sirini korrektsiyalab borish tarafdorimiz. Bunda namunali oilalar ta’siri ijobiy va notinch oilalar ta’siri salbiy xususiyatlar sifatida qabul qilinishi muhimdir. Bizning yondaShuvimizga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi jarayonida o’qituvchilar va maktab jamoasining ta’siri ustuvor darajada qabul qilinishi kerak. CHunki bu guruh tarbiyaga bo’lgan jamiyatning talab va ehtiyojlarini amalga oshirida. Shu ma’noda boshlang’ich ta’limda tarbiya mazmuni 7-11 yoshli shaxslarni maqsadli ijtimoiy voyaga yetkazishni ifodalaydi. Bunda har qanday ta’sir tarbiyaning maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi. 127 Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni mazmuni 7-11 yoshli shaxslarni jismoniy, aqliy, ruhiy va estetik jihatdan sog’lom voyaga yetkazish bilan belgilanadi. Shu sababli bu jarayonning maqsadi shakllanib kelayotgan shaxsni ijtimoiy o’zgartirish va turli tarbiyaviy vositalarni qo’llashdan iborat. Bunda ideal g’oyalar, oliy qadriyatlar va ezgu maqsad-muddaolarga asoslaniladi. Bu masala ayniqsa, boshlang’ich ta’lim o’quvchilari tarbiyasida muhimdir. Shunisi aniqki, har bir ota-ona yoki jamiyat har bir farzandning tarbiyalangan shaxs sifatida voyaga yetishini orzu qiladi. Biroq, tarbiya vositalari, tadbirlari va omillarining noto’g’ri qo’llanishi natijasida har bir bola kutilgan darajadagi shaxs sifatida voyaga yetmaydi. Shu jihatdan biz boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayonining kutilgan natijasiga erishish yo’lini ikki hodisada ko’ramiz: birinchidan, 7-11 yoshli o’quvchilar tarbiyasida maktab jamoasining huquq va majburiyatlari ustuvor bo’lishi kerak; ikkinchidan, demokratik jamiyat sharoitida boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuz foiz tarbiyali shaxslar sifatida voyaga yetkazishning imkoni yo’q, bunday sharoitda 80-85 foiz boshlang’ich sinf o’quvchilarining kutilgan darajada tarbiyalanganligiga erishish yuqori ko’rsatkich hisoblanadi. Bularning barchasi boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni ―tirik‖ hodisa ekanligini ko’rsatadi. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling