O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
birinchi bosqich - oilalarda amalga oshiriladi va unda quyidagi ikki
davrga e’tibor qaratiladi: 1) homilalik davri (bunda homilali ayollar ma’naviy jihatdan muhofaza qilinadi, chunki bolaning ma’naviy olami homila davrida rivojlanishi ma’lum); 2) bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr ( bunda 3 yoshgacha bola turli ruhiy zo’riqishlardan, tahdidlardan, illatlardan himoya etiladi); ikkinchi bosqich – maktabgacha bo’lgan ta’lim (3-6,5 yoshgacha bo’lgan) davr (bunda mazkur yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy tushunchalar, axloqiy fazilatlar, o’zgalarga munosabatlar negizlari shakllantiriladi, bir so’z bilan aytganda bola ma’naviy tarbiyaga tayyorlanadi); uchinchi bosqich – umumiy o’rta ta’lim davri, bu bosqich ham quyidagi ikki davrga asosan amalga oshiriladi: 118 1) boshlang’ich sinf davri (7-11 yoshlilarning ma’naviy tarbiyasi) – (bunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy olami, ruhiy kechinmalari va axloqiy sifatlari shakllantiriladi); 2) o’rta va yuqori sinflar davri (7-17 yoshlilarning ma’naviy tarbiyasi) – (bunda mazkur yoshdagi o’quvchilarning ma’naviy ongi, dunyoqarashi va axloqiy xatti-harakatlari to’liq shakllantiriladi); to’rtinchi bosqich – o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida, Shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar orasida amalga oshiriladi, mazkur bosqich ham quyidagi ikki davrga bo’linadi: 1) o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar (17-30 yoshlilar) ma’naviy tarbiyasi (bunda ushbu toifadagi va yoshdagi shaxslarning jamoatchilik asosida hamda turli tadbirlar vositasida ma’naviy dunyoqarashi, ongi va fazilatlari korreksiya qilinib boriladi); 2) o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi – talabalari (15-24 yoshlilarning) ma’naviy tarbiyasi (bunda o’quvchilar va talabalarning ma’naviy ongi, qarashlari, munosabatlari va xatti- harakatlari maqsadli takomillashtiriladi). E’tibor berilsa, O’zbekistonda amalga kiritilgan Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasi shaxsni ta’lim va tadbirlar vositasida homilalik davridan 30 yoshgacha har tomonlama tarbiyalashni nazarda tutadi. Shu sababli mazkur yondaShuv hozirgi zamon jamiyatimiz tarbiya jarayoni mazmunining negizini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling