O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
O’quvchilarning
o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish mexanizmlari. O’zbekiston boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishga doir bir necha mexanizmlar amal qilmoqda. Avvalo, bu mexanizmda 5 balli tizimda baholash asosiy tayanch hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mexanizmlarning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 1) testlar asosida; 111 2) diktant asosida; 3) bayon asosida; 4) insho asosida; 5) mustaqil ish bajarish asosida. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtirgan bilimlarni tekshirishning bu mexanizmlari ommaviy va qulay hisoblanadi. Ayni paytda, dunyo mamlakatlari boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning bilimi intellekt testlar asosida baholanayotganligini eslatib o’tish joiz. ―Test‖ tushunchasi inglizcha bo’lib, o’zlashtirilgan bilimlar tizimini va aqliy rivojlanish darajasini tekshirish ma’nosini anglatadi. Shu jihatdan keyingi paytlarda pedagog va psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan Intellekt testdan boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasini tekshirish mexanizmi sifatida foydalanilmoqda. Bunday test quyidagi xususiyatlarga ega: - har bir mavzu bo’yicha ko’p variantli savollar tuziladi; - har bir savolga ko’p variantli javoblar taqdim etiladi; - javoblar variantidan bittasi to’g’ri hisoblanadi; - ba’zi savollarning javoblari ochiq qoldiriladi va unda o’quvchilar yozgan javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi aniqlanadi; - savollar darslikda berilgan o’quv materiallariga asoslanishi shart. Ushbu test vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilim darajasi aniqlanadi va ularning aqliy rivojlanishi baholanadi. Shu sababli mazkur testning uch turi mavjudligini eslatib o’tish joiz: 1) harakatli test (suhbat); 112 2) yozma test; 3) og’zaki test. Intellekt testning mazkur turlaridan foydalanish boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ixtiyoriy yondaShuviga qoldiriladi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishda noan’anaviy mexanizmlarga ham amal qilinmoqda. Bu mexanizm quyidagilardan iborat: a) bir o’quv fanidan o’quvchilarning bilim darajasini o’qituvchilar guruh bo’lib tekshirishi; b) o’quvchilarning bilim darajasini tekshirishda ota-onalar yoki mutaxassislarning ishtirok etishi; v) o’qituvchilarning o’zga sinf o’quvchilari bilim darajasini tekshirishi; g) o’quvchilarning bilim darajasini tekshirishda ochiq imtihonlar shaklidan foydalanish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasini tekshirish mexanizmlari o’qituvchi tomonidan tanlanadi. Bunda asosiy maqsad tekshirishni aniq va xolis tekshirishni amalga oshirishdan iborat. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling