O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu: O’quvchilarning o’zlashtirgan bilim natijalarini tekshirish va baholash
xususiyatlari
2. Dars mashg`ulotining tarixi 3. Darsning zamonaviy turi SAMARADORLIK 107 Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Dars mashg’ulotning xususiyatlari deganda nimalarni tuShunasiz? 2. Dars mashg’ulotining tarixi to’g’risida nimalarni bilasiz? 3. Dars – boshlang’ich ta’limning qanday shakli hisoblanadi? 4. Boshlang’ich ta’limda darsning qanday zamonaviy turlarini bilasiz? Topshiriq: pedagogik amaliyot. Dars mashg’ulotining xususiyalarini ―Yon daftar‖ingizga konspekt qiling. Dars mashg’ulotining tarixini eslab qoling. Boshlang’ich ta’limda darsning zamonaviy turlari bo’yicha izlanishlar olib boring. 108 12-mavzu: O’quvchilarning o’zlashtirgan bilim natijalarini tekshirish va baholash Reja: 1. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish asoslari 2. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish mexanizmlari 3. O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini baholash metodologiyasi. *** Tayanch tushunchalar: bilim, o’qitish, ta’lim, o’quvchilar, o’zlashtirish, tekshirish, asos, mexanizm, baholash, daraja, ko’nikma, malaka. *** O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish asoslari. O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarga bilim berish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va mustaqil fikrlash tarzini tarkib toptirish asosiy vazifalar hisoblanadi. Bunda bilim tushunchasi insoniyat erishgan jamiki ilmiy, amaliy va texnologik yutuqlarni o’quvchilarning yoshi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari doirasida o’zlashtirishini anglatadi. Shuningdek, islom dinida ham bilim masalasi Iymon tushunchasining negizini tashkil qiladi va Qur’oni Karimning ham birinchi oyati ―Iqra’‖, ya’ni o’qi, bilim ol va uni tarqatuvchisi bo’l degan mazmunda nozil bo’lgan. Hozirgi zamon pedagog olimlari bu kontsepsiyani insonni bilimli qilishning tayanchi sifatida baholashadi. Shu jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilimlarini baholash va uning asoslarini o’zlashtirish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun zaruriyat hisoblanadi. 109 Boshlang’ich sinf o’quvchilaring o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish deganda ularning tushuncha, bilim va dunyoqarash darajasini aniqlash nazarda tutiladi. Bunday tekshirishning asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - boshlang’ich ta’lim davlat standartlari; - boshlang’ich ta’limga qo’yiladigan davlat talablari; - o’quv rejasida belgilangan ko’rsatmalar; - o’quv fanlari dasturlarining mazmuni. Mana Shu asoslardan kelib chiqib boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilim darajasi tekshiriladi va bu tekshirish natijasida yutuqlar belgilanib, kamchiliklar aniqlanadi. Shu sababli choraklik tekshiruvlari hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim tizimida ustuvor yondaShuv hisoblanadi. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtirgan bilim darajasini tekshirishda pedagogik ilmiy tadqiqotlarda ishlab chiqilgan metodologik asoslarga ham tayanilmoqda. Unga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasi ikki shaklda tekshiriladi: 1) har bir o’quvchining o’zlashtirgan bilim darajasi; 2) har bir sinf o’quvchilarining o’zlashtirgan bilim darajasi. Mazkur tekshirish shakllari hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida keng qo’llanilib kelinmoqda. Bunda asosiy e’tibor o’quvchilarning aqliy darajasini rivojlantirishga qaratiladi. Shu sababli zamonaviy boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning aqliy koeffitsenti ishlab chiqilgan. Bu formula quyidagicha xalqaro miqyosda qabul qilingan. a) IQ- yoshga nisbatan aqliy rivojlanish darajasi (ARD); b) YoD – yoshga nisbatan aql darajasi (YoDA). 110 Bu formulaning ko’rinishi quyidagicha: IQ ЁДА IQ % 100 * Mazkur formulaga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilaring aqliy rivojlanish darajasi (IQ) ularning yoshiga nisbatan aqliy darajasiga (YoDA) bo’linadi va natija ongli ravishda 100 foizga ko’paytiriladi. Buning natijasida har bir o’quvchining bilim darajasi yoki har bir sinfning aqliy rivojlanish darajasi kelib chiqadi. Bu formula ko’p hollarda ilmiy pedagog ekspertlari yordamida amaliyotda qo’llaniladi va bunda o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda uni baholash ob’ektiv tarzda amalga oshadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim darajasini tekshirishda yuqorida ta’kidlab o’tilgan asoslarga qat’iy amal qilish lozim. Bunda asosiy maqsad o’quvchilarning bilish yoki bilmasligini aniqlash emas, aksincha, ularning bilish darajasini rivojlantirishdir. Shu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilim darajasini tekshirish asoslari va uning ko’rsatib o’tilgan formulasini chuqur o’zlashtirishi lozim. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling