O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


D – davomat, ya’ni ta’lim oluvchilarning ishtiroki;  A


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana14.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1702296
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
darslik

D – davomat, ya’ni ta’lim oluvchilarning ishtiroki; 
A – aziyat, ya’ni ta’limni amalga oshirish jarayonida chekiladigan 
zahmatlar; 
R – riyozat, ya’ni dars jarayonini hisob-kitob qilib borish; 
S – sa’y, ya’ni ta’lim oluvchilarni rejali harakatlantirish. 
E’tibor berilsa, dars tushunchasi aniq reja, tizim va kutiladigan 
samaralarni anglatuvchi ma’noga tayanadi. Bunda dars jarayonining 
asrlar davomida aqliy, ruhiy va ma’naviy mehnatdan iborat bo’lib 
kelganligiga duch kelamiz.  
Dars - boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida. 
Boshlang’ich ta’limni tashkil etishning shakl va usullari ko’p. Ayni 
paytda, asrlar davomida o’qitishning sinf-dars usuli qulayligi, 
maqbulligi va qiziqarligi bilan asosiy shakl bo’lib kelmoqda.
Boshlang’ich ta’lim didaktikasida dars asosiy shakl sifatida 
quyidagi xususiyatlarga ega: 


103 
a) dars o’qitishning majmui (ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash) 
vazifasini bajaradi; 
b) dars quyidagi qat’iy didaktik tizimga ega: 
- darsning boshlanishi va topshirig’ining aniq qo’yilishi; 
- uyga topshiriq orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmasini 
kuchaytirish; 
- yangi o’quv materiallarini tuShuntirish; 
-takrorlash orqali o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash; 
- o’quvchilarning dars davomida o’zlashtirggan bilimlarini nazorat qilish 
va baholash; 
- har bir darsning yakunlash xususiyatga egaligi; 
- albatta uy vazifasining berilishi. 
v) darsning mazmuni har bir o’quv faniga qo’yiladigan davlat ta’lim 
standartlari, o’quv rejasi va dasturlariga mos bo’ladi; 
g) har bir dars mashg’ulotlar tizimining uzviy qismi hisoblanadi; 
d) har bir darsda o’qituvchining ixtiyoriy metodlar va vositalar tanlash 
imkoni mavjud.
Dars mana Shu xususiyatlari bilan o’qitishning muhim shakli 
hisoblanadi va u hozirgi zamon dunyo mamlakatlari boshlang’ich 
ta’limida keng qo’llanilib kelinmoqda. CHunki dars jarayonida o’ziga 
xos mantiqiy izchillik va intizom mavjud. 
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida darsning bir necha tiplari 
farqlanadi. Bunday tiplarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1. Kombinatsiyali dars. Bunday dars tipi keng ommalashgan bo’lib, u 
quyidagi qismlarga bo’linadi: tashkiliy qism (1-2 daqiqa); uy 
vazifasining bajarilganligini tekshirish (10-12 daqiqa); yangi mavzuni 


104 
o’zlashtirish (15-20 daqiqa); o’zlashtirganlarini mustahkamlash (10-15 
daqiqa); darsni yakunlash (5 daqiqa); uy vazifasi berish (2-3 daqiqa).  
2. Yangi o’quv materiali o’zlashtirish darsi. Mazkur dars tipida yangi 
o’quv materiallari o’zlashtiriladi va uning doirasida nostandart darslar 
ham tashkil qilinishi mumkin. Masalan muammoli dars, tadqiqotli dars, 
anjumanli dars kabilar Shular jumlasidandir. Bunday nostandart darslar 
yangi o’quv materiallarini kutilgan darajada o’quvchilar tomonidan 
o’zlashtirish imkonini beradi.
3. Mustahkamlash darsi. Ushbu dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan 
bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. 
Bunda amaliy seminarlar, ekskursiyalar, mustaqil topshiriqlarni bajarish 
va laboratoriya ishlari kabi shakllardan foydalanish mumkin. Bu dars 
tipi ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun maqbul shakllardan 
hisoblanadi.
4. Umumlashtirish darsi. Bu dars tipida o’quv fanlarining mavzulari 
muayyan bloklar asosida umumlashtiriladi va yakun yasaladi. Bu dars 
tipi orqali o’quvchilarga yangi ma’lumotlar, topshiriqlar va mashqlar 
taqdim etiladi. Buning natijasida o’quvchilarda ijodiy o’zlashtirish 
ko’nikmasi 
shakllantiriladi. 
Bizning 
yondaShuvimizga 
ko’ra, 
umumlashtiruvchi dars tipida boshlang’ich ta’limda oqilona foydalanish 
maqsadga muvofiq bo’ladi.
5. Nazorat darsi. Mazkur dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan 
bilimi, ko’nikmasi va malakasi korrektsiya qilinadi, uning natijasida 
o’quvchilarning o’zlashtirishi nazoratga olinadi. Bu dars tipi har bir 
o’quvchini nazoratga olish imkonini beradi, u yozma yoki og’zaki 
so’rovnoma, diktant, bayon va mustaqil ish yozdirish shakllarida tashkil 


105 
etiladi. Bu dars tipi har bir o’quv fanining biror mavzusi yoki bo’limi 
yakunlangandan keyin o’tkaziladi. Ushbu dars tipining natijalariga 
ko’ra, keyingi darslar tiplari tanlanadi.
Boshlang’ich ta’limni tashkil etishda eng mashhur ana Shu dars 
tiplaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, boshlang’ich ta’limda 
qo’llanishi mumkin bo’lgan quyidagi ommaviy dars tiplari ham 
mavjudligini eslatib o’tish joiz: 

musobaqa darsi; 

maslahat darsi; 

o’zaro hamkorlik darsi; 

o’quv fanlari aro o’yin darsi va h.k. 
Ushbu nostandart dars tiplaridan imkoniyatlarga qarab foydalanish 
ham tavsiya etiladi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling