O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullari
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
Boshlang’ich ta’limni tashkil etish usullari. Boshlang’ich ta’limni
tashkil etishga doir o’ziga xos pedagogik usullar mavjud. E’tiboringizni bunday usullarning eng muhimlariga tortamiz. 1.O’qitishning reproduktiv (mahsuldor) usuli. O’qitishning reproduktiv usulida keng bilimlar berish nazarda tutiladi. Unga ko’ra, o’qituvchi har bir mavzu bo’yicha juda ko’p ma’lumotlarni taqdim qiladi va o’quvchilar ularni o’zlashtirishi kerak. O’qitishning bu usuli boshlang’ich sinf o’quvchilariga ko’proq bilimlar berishi bilan ijobiy xususiyatga ega. O’qitishning reproduktiv usulida salbiy jihat ham mavjud bo’lib, unga ko’ra, o’quvchilar berilgan ma’lumotlarni kutilgan darajada o’zlashtirmasliklari mumkin. Shuningdek, bu usulda o’quvchilarning mustaqil fikrlashi cheklanib qoladi, chunki o’quvchilar berilgan ko’p ma’lumotlarni o’zlashtirishi bilan band bo’ladi. Bizning yondaShuvimizga ko’ra o’qituvchi tomonidan kezi bilan o’qitishning reproduktiv usuli qo’llanilgani ma’qul. CHunki bu bilan 96 muayyan mavzular bo’yicha o’quvchilarga chuqur bilim berishga erishiladi. 2.O’qitishning ijodiy usuli. O’qitishning ijodiy usulida o’quvchilarni faollashtirish, ularni ijod qilish va fikrlashga yo’naltirish amalga oshiriladi. Bunda o’qituvchi yo’naltiruvchi, o’quvchi esa ijod qiluvchi ta’lim ishtirokchisiga aylanadi. Mazkur usul ayniqsa, boshlang’ich sinflarda kutilgan samarani beradi. CHunki 7-11 yoshli o’quvchilar nimanidir yasashga, yaratishga va qurishga juda qiziqishadi. Shu sababli ko’pchilik boshlang’ich sinf o’qituvchilari boshlang’ich ta’limda o’qitishning ijodiy usulini qo’llashga harakat qilishadi. O’qitishning ijodiy usuli qo’llanilganida o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi shart: - o’quv-bilish materiallarini qiziqarli, muhokamaga mos va fikr yuritishga imkon beradigan darajada tayyorlash; - yangi bilimlar beruvchi, muammolarni turli variantlarda yechimini topishga yo’naltiruvchi o’quv materiallari tayyorlash; - o’quvchilarning fikrlarini va tashabbuslarini qo’llab –quvvatlash. O’qitishning ijodiy usuli ko’pchillik o’qituvchilar tomonidan maqbul ko’riladi. CHunki bu usullar o’quvchini har tomonlama faollashtirish imkoniyatlari mavjud. 3.O’qitishning qadriyatli usuli. O’qitishning bu usulida o’quvchilarni ma’naviy va estetik jihatdan rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Shu sababli o’qituvchi tomonidan o’quv-bilish materiallari o’quvchilarning ma’naviy tushunchalarini, his-tuyg’ularini va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan tarzda tayyorlanadi. 97 Rus san’atShunos va pedagog olimi A.Suxomlinskiyning fikricha, o’qitishning qadriyatli usulida o’quvchilar quyidagilarni o’zlashtirishi kerak: - insoniyat erishgan ilmiy va texnik yutuqlarni o’zlashtirish; - inson faoliyati asoslarini o’rganish; - san’at yutuqlarini o’zlashtirish; - o’z iqtidorini namoyon qilishni o’rganish. SH-u jihatdan boshlang’ich ta’limda o’qitishning ijodiy usulidan ham oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi. O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida bu usulning keng qo’llanilayotganini eslatib o’tish joiz. Download 2.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling